https://oz.sputniknews.uz/20230913/prezident-elektron-hukumat-reytingini-yaxshilash-choralari-bilan-tanishdi-38904227.html
Prezident "Elektron hukumat" reytingini yaxshilash choralari bilan tanishdi
Prezident "Elektron hukumat" reytingini yaxshilash choralari bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Rejaga ko‘ra O‘zbekistonda 2024-yilda 700 ta raqamli xizmatni ishga tushiriladi va aholi maskanlari va magistral yo‘llar yuqori tezlikdagi internet bilan... 13.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-09-13T21:55+0500
2023-09-13T21:55+0500
2023-09-14T11:43+0500
shavkat mirziyoyev
raqamli texnologiyalar vazirligi
sherzod shermatov
bmt
davlat xizmatlari agentligi (dxa)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0d/38904401_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_1959b986f27e24343c8780a4adbea77f.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Raqamli texnologiyalar vazirligiga Top-30 davlatlar qatoriga kirish vazifasini qo‘ydi. BMTning Elektron hukumat reytingi (e-Government Development Index) — aholi va davlat o‘rtasida elektron muloqot darajasini, xizmatlarni qulayligini belgilaydi. Ushbu reyting mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. O‘tgan yili O‘zbekiston ushbu reytingda 69-pog‘onada qayd etilgan edi. Prezident yuqorida qayd etilgan takliflarni ma’qullab, onlayn xizmatlarni va yuqori texnologiyalar sohasida inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar vaziriga BMT Departamentiga (UNDESA) taqdimot qilib, O‘zbekistonning reytingdagi o‘rnini yaxshilashni asoslash topshirildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0d/38904401_72:43:1151:852_1920x0_80_0_0_800832141685381bbc0fc2c6bbbb9bba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, raqamli texnologiyalar vazirligi, sherzod shermatov, bmt, davlat xizmatlari agentligi (dxa)
shavkat mirziyoyev, raqamli texnologiyalar vazirligi, sherzod shermatov, bmt, davlat xizmatlari agentligi (dxa)
Prezident "Elektron hukumat" reytingini yaxshilash choralari bilan tanishdi
21:55 13.09.2023 (yangilandi: 11:43 14.09.2023) Rejaga ko‘ra O‘zbekistonda 2024-yilda 700 ta raqamli xizmatni ishga tushiriladi va aholi maskanlari va magistral yo‘llar yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanadi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Raqamli texnologiyalar vazirligiga Top-30 davlatlar qatoriga kirish vazifasini qo‘ydi.
BMTning Elektron hukumat reytingi (e-Government Development Index) — aholi va davlat o‘rtasida elektron muloqot darajasini, xizmatlarni qulayligini belgilaydi. Ushbu reyting mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. O‘tgan yili O‘zbekiston ushbu reytingda 69-pog‘onada qayd etilgan edi.
Top-30 mamlakatlar qatoriga kirish uchun xorijlik ekspertlar ishtirokida, 6 ta yo‘nalish bo‘yicha 53 ta tadbirdan iborat “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Unda 2024-yilda 700 ta raqamli xizmatni ishga tushirish va barchasini my.gov.uz ga jamlash hamda aholi maskanlari va avtomagistral yo‘llarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
Prezident yuqorida qayd etilgan takliflarni ma’qullab, onlayn xizmatlarni va yuqori texnologiyalar sohasida inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, raqamli texnologiyalar vaziriga BMT Departamentiga (UNDESA) taqdimot qilib, O‘zbekistonning reytingdagi o‘rnini yaxshilashni asoslash topshirildi.