O‘zbekistonda onalar va bolalar salomatligi markazi tashkil etiladi — prezident qarori
17:56 13.09.2023 (yangilandi: 18:19 13.09.2023)
© unsplash / Hu ChenChaqaloq qo‘li
Obuna bo‘lish
"Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Joriy yil oktabrdan onalar va bolalar salomatligi markazi tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2023-yil 1-oktabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi. U Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi va Respublika "Ona va bola skrining" markazi negizida faoliyat yuritadi.
Hududiy perinatal, aholi reproduktiv salomatligi hamda "Ona va bola skrining" markazlari negizida Markazning 14 ta hududiy filiallarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Markazning Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy filiallari xavf omillari aniqlangan ayollarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi, ularni davolaydi hamda zarur hollarda respublika darajasidagi tibbiyot muassasalariga yo‘naltiradi;
nikohlanuvchilar, homilador va tug‘ish yoshidagi ayollar hamda chaqaloqlarni molekulyar tibbiy-genetik tekshiruvlardan o‘tkazadi;
irsiy kasalliklar aniqlangan bolalarni maxsus dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi;
sog‘lom oilani rejalashtirish hamda istalmagan homiladorlikning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Hujjat bilan Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi, Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.