https://oz.sputniknews.uz/20230913/ozbekiston-tojikiston-parlamentlari-hamkorlik-bitim-38900309.html
O‘zbekiston va Tojikiston parlamentlari yuqori palatalari hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi
O‘zbekiston va Tojikiston parlamentlari yuqori palatalari hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Dushanbeda Tojikiston Majlisi milli Majlisi Oli raisi Rustam Emomali bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Tojikiston Majlisi milli Majlisi Oli o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
2023-09-13T18:41+0500
2023-09-13T18:41+0500
2023-09-13T18:41+0500
siyosat
o‘zbekiston oliy majlisi senati
tanzila norboyeva
tojikiston
rustam emomali
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0d/38897093_252:164:1013:592_1920x0_80_0_0_39ca856794f8be86a1c4873dc8648daa.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Dushanbeda Tojikiston Majlisi milli Majlisi Oli raisi Rustam Emomali bilan uchrashdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga moslashish sharoitida gender tenglikka erishish” mavzusida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqotining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Dushanbeda bo‘lib turibdi.Ta’kidlanishicha, suhbatda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston hamda Tojikiston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, madaniy gumanitar, ayniqsa, parlamentlararo muloqotni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.Xususan, ikki mamlakat parlament yuqori palatalari o‘rtasida tuzilgan do‘stlik guruhlari faoliyatini yanada jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi.Muloqot chog‘ida madaniy-gumanitar sohadagi o‘zaro hamkorlikning yuqori darajasi e’tirof etildi. Qo‘shma madaniy tadbirlar, jumladan ziyolilarning ikki tomonlama forumlarini, san’at ustalarining qo‘shma konsert va gastrollarini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.Shuningdek, “ziyorat turizmi”ni rivojlantirish bo‘yicha samarali choralar ko‘rishga kelishib olindi.Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Tojikiston Majlisi milli Majlisi Oli o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Unda parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan qo‘shma parlament monitoringini amalga oshirish, xalqaro parlament tuzilmalari doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirish masalalari aks etdi.Shuningdek, oliy darajadagi tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ustidan birgalikda monitoring olib borish mexanizmini takomillashtirish, parlament faoliyati sohasida o‘zaro tajriba almashish, chegaradosh viloyatlar va tumanlar deputatlari o‘rtasida munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0d/38897093_357:177:891:577_1920x0_80_0_0_c9225bb0881496c85e1050bdf17c4cdf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tojikiston parlamentlar hamkorlik senat raisi tanzila narbayeva tojikiston majlisi milli majlisi oli raisi rustam emomali
o‘zbekiston tojikiston parlamentlar hamkorlik senat raisi tanzila narbayeva tojikiston majlisi milli majlisi oli raisi rustam emomali
O‘zbekiston va Tojikiston parlamentlari yuqori palatalari hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi
Senat raisi Tojikiston Majlisi Oli Majlisi milli raisi Rustam Emomali bilan uchrashdi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Dushanbeda Tojikiston Majlisi milli Majlisi Oli raisi Rustam Emomali bilan uchrashdi. Bu haqda Senat axborot xizmati
xabar berdi. Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga moslashish sharoitida gender tenglikka erishish” mavzusida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqotining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Dushanbeda bo‘lib turibdi.
Ta’kidlanishicha, suhbatda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston hamda Tojikiston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, madaniy gumanitar, ayniqsa, parlamentlararo muloqotni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, ikki mamlakat parlament yuqori palatalari o‘rtasida tuzilgan do‘stlik guruhlari faoliyatini yanada jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot chog‘ida madaniy-gumanitar sohadagi o‘zaro hamkorlikning yuqori darajasi e’tirof etildi. Qo‘shma madaniy tadbirlar, jumladan ziyolilarning ikki tomonlama forumlarini, san’at ustalarining qo‘shma konsert va gastrollarini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, “ziyorat turizmi”ni rivojlantirish bo‘yicha samarali choralar ko‘rishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Tojikiston Majlisi milli Majlisi Oli o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Unda parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan qo‘shma parlament monitoringini amalga oshirish, xalqaro parlament tuzilmalari doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirish masalalari aks etdi.
Shuningdek, oliy darajadagi tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ustidan birgalikda monitoring olib borish mexanizmini takomillashtirish, parlament faoliyati sohasida o‘zaro tajriba almashish, chegaradosh viloyatlar va tumanlar deputatlari o‘rtasida munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.