https://oz.sputniknews.uz/20230913/ozbekiston-korruptsiya-suniy-intellekt-38871500.html
O‘zbekiston korrupsiyani oldini olishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
O‘zbekiston korrupsiyani oldini olishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BAAning G42 (Presight) kompaniyasi korrupsiyani oldini olishda hamkorlik qiladi.
2023-09-13T16:19+0500
2023-09-13T16:19+0500
2023-09-13T16:19+0500
jamiyat
o‘zbekiston
baa
korrupsiya
sun’iy intellekt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27462621_280:0:3921:2048_1920x0_80_0_0_962fe45e225b2c8fa6528e065d65f438.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan korrupsiyani oldini olish jarayoniga sun’iy intellektni joriy etishga kelishib oldi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BAAning G42 (Presight) kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Qayd etilishicha, xorij kompaniyasi davlat xizmatlari, moliya hamda sport yo‘nalishlariga sun’iy intellekt imkoniyatlarini tatbiq etishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.Xususan, kompaniya tomonidan sun’iy intellekt algoritmi yordamida affillanganlik, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash, jinoiy daromadlarni legallashtirish, davlat xaridlari sohasidagi qonunbuzilishi holatlarining oldini olishga doir dasturiy mahsulotlar yaratilgan.Uchrashuvda O‘zbekistonda shunday platformalarni yaratish hamda Agentlik faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Qayd etilishicha, agentlik tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bir qator elektron dastur va mahsulotlar ishlab chiqilgan.Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini baholovchi e-antikor platformasi, davlat organlari ochiqligini baholashga mo‘ljallangan elektron dastur, fuqarolar tomonidan yo‘llanadigan murojaatlarni qabul qilishga mo‘ljallangan elektron tizim shular jumlasidandir.Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida ijtimoiy tarmoqlarni monitoring qilish imkoniyatini beruvchi platformadan ham foydalanib kelinmoqda.Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingandi.
o‘zbekiston
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27462621_735:0:3466:2048_1920x0_80_0_0_d944a1948a89753b531eb8e834dffe3f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi baa g42 presight kompaniya korrupsiya un’iy intellekt
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi baa g42 presight kompaniya korrupsiya un’iy intellekt
O‘zbekiston korrupsiyani oldini olishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BAAning G42 (Presight) kompaniyasi korrupsiyani oldini olishda hamkorlik qiladi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan korrupsiyani oldini olish jarayoniga sun’iy intellektni joriy etishga kelishib oldi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
xabar berdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BAAning G42 (Presight) kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, xorij kompaniyasi davlat xizmatlari, moliya hamda sport yo‘nalishlariga sun’iy intellekt imkoniyatlarini tatbiq etishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Xususan, kompaniya tomonidan sun’iy intellekt algoritmi yordamida affillanganlik, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash, jinoiy daromadlarni legallashtirish, davlat xaridlari sohasidagi qonunbuzilishi holatlarining oldini olishga doir dasturiy mahsulotlar yaratilgan.
Uchrashuvda O‘zbekistonda shunday platformalarni yaratish hamda Agentlik faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
“Uchrashuvda Agentlik faoliyatini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilab olishga kelishib olindi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, agentlik tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bir qator elektron dastur va mahsulotlar ishlab chiqilgan.
Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini baholovchi e-antikor platformasi, davlat organlari ochiqligini baholashga mo‘ljallangan elektron dastur, fuqarolar tomonidan yo‘llanadigan murojaatlarni qabul qilishga mo‘ljallangan elektron tizim shular jumlasidandir.
Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida ijtimoiy tarmoqlarni monitoring qilish imkoniyatini beruvchi platformadan ham foydalanib kelinmoqda.
"Davlat xaridlari, aksilkorrupsiya dastur va strategiyalarining amalga oshirilishi hamda boshqa yo‘nalishlarda sun’iy intellektga asoslangan elektron platformalarni agentlik faoliyatiga joriy etish rejalashtirilmoqda", - deyilgan agentlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilishi
ma’lum qilingandi.