https://oz.sputniknews.uz/20230913/mirziyoev-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlar-uchrashuv-38857180.html
Mirziyoyev Dushanbedagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida ishtirok etadi
Mirziyoyev Dushanbedagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida ishtirok etadi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat rahbari 12-14 sentabr kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi beshinchi maslahat uchrashuvi hamda Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasi sammitida ishtirok etadi.
2023-09-13T13:28+0500
2023-09-13T13:28+0500
2023-09-13T14:06+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
markaziy osiyo
dushanbe
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/15/26395735_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d2bd1601091385563d8e5534101c4619.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining V maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov "O‘zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mirziyoyev Dushanbedagi sammitda qator muhim va dolzarb taklif va tashabbuslarni bildiradi. Prezident mintaqada savdo-iqtisodiy, transport, “yashil iqtisodiyot”, energetika, suv va ekologiya sohalaridagi hamkorlik masalalariga to‘xtatib o‘tadi. Shuningdek, O‘zbekiston rahbari iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish yuzasidan o‘z nuqtayi nazarini bayon etadi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi yakunlari bo‘yicha 5 ta hujjat imzolanishi rejalashtirilgani xabar qilingan edi.Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini 2017-yilda Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan edi. Mintaqa yetakchilarining birinchi sammiti 2018-yil mart oyida Nur-Sulton shahrida, ikkinchisi 2019-yil noyabrda Toshkent shahrida, uchinchisi 2021-yilning avgust oyida Turkmanistondagi "Avaza" milliy sayyohlik zonasida, to‘rtinchisi o‘tgan yilning iyulida Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida o‘tkazilgan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/15/26395735_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_008e15a8aa870ca27f939db6953c219d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi 14-15 sentabr dushanbe shavkat mirziyoyev markaziy osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvi
markaziy osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi 14-15 sentabr dushanbe shavkat mirziyoyev markaziy osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvi
Mirziyoyev Dushanbedagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida ishtirok etadi
13:28 13.09.2023 (yangilandi: 14:06 13.09.2023) Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi 14-15 sentabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining V maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov "O‘zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Davlatimiz rahbari 12-14 sentabr kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi beshinchi maslahat uchrashuvi hamda Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasi sammitida ishtirok etadi”, - dedi Asadov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mirziyoyev Dushanbedagi sammitda qator muhim va dolzarb taklif va tashabbuslarni bildiradi. Prezident mintaqada savdo-iqtisodiy, transport, “yashil iqtisodiyot”, energetika, suv va ekologiya sohalaridagi hamkorlik masalalariga to‘xtatib o‘tadi.
Shuningdek, O‘zbekiston rahbari iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish yuzasidan o‘z nuqtayi nazarini bayon etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi yakunlari bo‘yicha 5 ta hujjat imzolanishi rejalashtirilgani
xabar qilingan edi.Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini 2017-yilda Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan edi. Mintaqa yetakchilarining birinchi sammiti 2018-yil mart oyida Nur-Sulton shahrida, ikkinchisi 2019-yil noyabrda Toshkent shahrida, uchinchisi 2021-yilning avgust oyida Turkmanistondagi
"Avaza" milliy sayyohlik zonasida, to‘rtinchisi o‘tgan yilning iyulida Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida
o‘tkazilgan edi.