https://oz.sputniknews.uz/20230913/mirziyoev-bmt-bosh-assambleyasi-38864800.html
Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlaydi
Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nuqt so‘zlaydi, qolaversa, AQSh tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan "C5+1" formatidagi AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida qatnashadi.
2023-09-13T13:55+0500
2023-09-13T13:55+0500
2023-09-13T14:17+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
bmt
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/634/60/6346004_0:0:3506:1972_1920x0_80_0_0_c0efb8ace00e20c9f13b1b88cbde102d.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlaydi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov "O‘zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari keyingi haftada Amerikaga safar qiladi. Mirziyoyev Nyu-York shahrida o‘z ishini boshlaydigan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etib, nutq so‘zlaydi. Mirziyoyev tashrif doirasida AQSh prezidentining taklifiga binoan o‘tkaziladigan "S5+1" formatidagi AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida ham ishtirok etadi.Shuningdek, boshqa mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro moliya tashkilotlari yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/634/60/6346004_323:187:3222:2362_1920x0_80_0_0_75e0fc7d50e001fda340dc7049501f43.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev bmt bosh assambleyasi nutq chiqish takliflar aqsh
shavkat mirziyoyev bmt bosh assambleyasi nutq chiqish takliflar aqsh
Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlaydi
13:55 13.09.2023 (yangilandi: 14:17 13.09.2023) O‘zbekiston prezidenti kelgusi haftada AQShga safar qiladi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlaydi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov "O‘zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida
ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari keyingi haftada Amerikaga safar qiladi. Mirziyoyev Nyu-York shahrida o‘z ishini boshlaydigan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.
"Prezidentimiz xalqaro hamjamiyatni nafaqat yurtimizdagi islohotlar jarayoni, inson huquqlari, ijtimoiy-siyosiy modernizatsiya sohalarida erishilgan natijalar bilan tanishtiradilar, balki ham mintaqaviy, ham global ahamiyatga ega qator muhim tashabbuslarni ilgari suradilar", — dedi Asadov.
Mirziyoyev tashrif doirasida AQSh prezidentining taklifiga binoan o‘tkaziladigan "S5+1" formatidagi AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida ham ishtirok etadi.
Shuningdek, boshqa mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro moliya tashkilotlari yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.