Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 13-sentabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota letnogo i texnicheskogo sostava udarnoy aviatsii i poiskovo-spasatelnoy slujbi v zone provedeniya SVO
Rabota letnogo i texnicheskogo sostava udarnoy aviatsii i poiskovo-spasatelnoy slujbi v zone provedeniya SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. O‘tgan kun davomida dushmanning qurbon bo‘lgan va yaralangan askarlari soni 800 dan oshdi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi 13-sentabr hisoboti:

Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi Klesheyevka, Andreyevka, Pervomayskoe va Krasnogorovka aholi punktlari hududlarida UQKning 80-havo desant brigadasi, 3-hujum brigadasi, 59-moto-piyoda va 110-mexanizatsiyalashgan brigadalarining 8ta hujumni qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 140 nafar harbiy xizmatchi, ikkita BMP, to‘rtta mashina va Msta-B gaubitsasini tashkil etdi.
Novomixaylovka aholi punkti hududida UQK 79-havo desant-shturm brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" kuchlar guruhi Novomayorskoe va Priyutnoe aholi punktlari hududida UQKning 38 va 36-dengiz piyodalari brigadalarining 2ta hujumini qaytardi. Ushbu yo‘nalishdagi dushman yo‘qotishlari 235 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar texnikani, uchta avtomashinani, shuningdek, radioelektron kurash stansiyasini tashkil etdi.
Zaporoje yo‘nalishida Verbovoe aholi punkti hududida UQKning 82-havo-desant-desant brigadasining ikkita hujumini qaytardi. Rabotino qishlog‘i hududida UQKning 47-mexanizatsiyalashgan, 48-aeromobil va 82-havo hujumi brigadalari to‘plangan pozitsiyaga zarba berildi. O‘tgan 24 soat davomida 205 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, bir tank, uchta zirhli jangovar mashina va ikkita avtomobil yo‘q qilindi.
Artilleriyaga qarshi kurashda AQShda ishlab chiqarilgan M777 va M119 gaubitsalari, to‘rtta D-30 qurollari, bitta D-20 qurollari va Msta-B gaubitsalari yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi DXRning Yampolovka va LXRning Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududida UQKning 21-mexanizatsilashgan brigadasi hamda "Azov" 12-maxsus brigadasining ikkita hujumini qaytardi. Ushbu yo‘nalishda UQK 65 nafar harbiy xizmatchi va ikkita zirhli jangovar texnikani yo‘qotdi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Novoselovskoe, LXRning Olshana va Kotlyarovka aholi punktlari hududlarida UQKning shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berdi. Dushmanning yo‘qotishlari 85 nafar harbiy xizmatchi, ikkita bronetransportor va ikkita texnikani tashkil etdi.
Shuningdek, artilleriyaga qarshi jang paytida "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, AQShda ishlab chiqarilgan M777 to‘pi va M109 Paladin gaubitsasi yo‘q qilindi
Xarkov viloyati, Glubokoe aholi punkti hududida UQKning 114-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida Alekseyevskiy oroli hududida UQKning 124-hududiy mudofaa brigadasining ishchi kuchi jamlangan pozitsiyaga zarba berildi.
Yong‘in natijasida 80 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina va AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi Lukashevo aholi punkti hududida Ukrainaning "P-18" havo nishonlarini aniqlash va kuzatish radar stansiyalarini yo‘q qildi. Dnepropetrovsk viloyati Krutoyarovka hududidagi ST-68 va yana 129 ta hududda dushmanning ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida 5ta AQShda ishlab chiqilgan HIMARS raketacini tutib oldi.
Bundan tashqari, DXRNing Blagodatnoe, Zaysevo, LXRning Verxnekamenka, Novovodanoe, Xerson viloyatining Kardashinka, Sagi, Novogorovka va Tarasovka aholi punktlari hududlarida UQKning 37 ta uchuvchisiz apparatini elektron kurash vositalari yordamida yo‘q qildi.
Hammasi bo‘lib, maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri quyidagilar yo‘q qilindi: 467 samolyot, 248 vertolot, 6 706 uchuvchisiz uchish apparati, 437 zenit-raketa tizimi, 11 811 tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1150 ko‘p martalik jangovar texnika raketa tizimlari, 6359 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 12958 dona maxsus harbiy mashinalar.
Yangiliklar lentasi
0