https://oz.sputniknews.uz/20230913/ichki-kema-yollari-ozbekiston-bayrogi-suzish-38874845.html
Endi ichki suv yo‘llarida faqat O‘zbekiston bayrog‘i ostida suzish mumkin — yangi tartib
Endi ichki suv yo‘llarida faqat O‘zbekiston bayrog‘i ostida suzish mumkin — yangi tartib
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning kema qatnaydigan suv yo‘llarida hamda tabiiy va sun’iy barpo etilgan suv havzalarida kemalar harakatlanishining yagona tartibi belgilandi.
2023-09-13T17:05+0500
2023-09-13T17:05+0500
2023-09-13T18:51+0500
jamiyat
o‘zbekiston
kema
qaror
yangi tartib
davlat bayrog‘i
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/05/36574452_0:142:3138:1907_1920x0_80_0_0_d41d24592057cd27169dae6406e59d12.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston bayrog‘i ostida suzishga yo‘l qo‘yiladi. Bu haqda Hukumatning 462–sonli qarori bilan tasdiqlangan qoidalarda nazarda tutilgan.Qoidalar O‘zbekistonning kema qatnaydigan suv yo‘llarida hamda tabiiy va sun’iy barpo etilgan suv havzalarida kemalar harakatlanishining yagona tartibini belgilaydi. Kema egalari quyosh botishidan chiqqunga qadar (tunda) hamda ko‘rinish cheklangan vaqtda (tuman, chang-to‘zon, kuchli yog‘ingarchilik) navigatsiya chiroqlaridan foydalanishlari shart.Navigatsiya belgilaridan quyosh chiqqandan botgunga qadar (kunduz kuni) foydalaniladi.Suv havzalarida baliq ovlash anjomlari bilan turgan, to‘rlarni o‘rnatayotgan yoxud tashlangan to‘rlar bilan oqim bo‘yicha harakatlanuvchi kemalarda tunda o‘ng qirg‘oqda ishlash vaqtida gorizont bo‘ylab 360 gradusda ko‘rinadigan vertikal joylashgan ikkita qizil, chap qirg‘oqda - ikkita oq chiroq, kunduz kuni tegishli ikkita qizil va ikkita oq bayroq bo‘lishi shart.Uzunligi 7 metr va undan ortiq bo‘lgan mexanik dvigatelga ega kemalar hamda suv tubini chuqurlashtiruvchi zemsnaradlar davomli va qisqa tovushli signallar beruvchi qurilmalarga ega bo‘lishi shart.Kemalardan o‘zib ketish manevrlari o‘zib ketilayotgan kemaning (tarkibning) chap borti tomonidan amalga oshirilishi shart.Quvvati 300-400 ot kuchiga ega bo‘lgan har bir shatakka oluvchi kemada 200 metrdan kam bo‘lmagan, quvvati 100-180 ot kuchiga ega bo‘lgan kemada 75 metrdan kam bo‘lmagan zanjirlar bo‘lishi shart.Gorizont bo‘ylab ko‘rinish masofasi 1 kmdan kam bo‘lganda kemalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/05/36574452_564:187:2599:1713_1920x0_80_0_0_2e827bf13923ca822a4f929abb089238.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston kema suv yo‘llari tabiiy va sun’iy barpo etilgan suv havzalari harakatlanish hukumatning 462–sonli qarori
o‘zbekiston kema suv yo‘llari tabiiy va sun’iy barpo etilgan suv havzalari harakatlanish hukumatning 462–sonli qarori
Endi ichki suv yo‘llarida faqat O‘zbekiston bayrog‘i ostida suzish mumkin — yangi tartib
17:05 13.09.2023 (yangilandi: 18:51 13.09.2023) O‘zbekistonning kema qatnaydigan suv yo‘llarida hamda tabiiy va sun’iy barpo etilgan suv havzalarida kemalar harakatlanishining yagona tartibi belgilandi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston bayrog‘i ostida suzishga yo‘l qo‘yiladi. Bu haqda Hukumatning
462–sonli qarori bilan tasdiqlangan qoidalarda nazarda tutilgan.
Qoidalar O‘zbekistonning kema qatnaydigan suv yo‘llarida hamda tabiiy va sun’iy barpo etilgan suv havzalarida kemalar harakatlanishining yagona tartibini belgilaydi.
“Ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida suzishga yo‘l qo‘yiladi”, - deyilgan hujjat matnida.
Kema egalari quyosh botishidan chiqqunga qadar (tunda) hamda ko‘rinish cheklangan vaqtda (tuman, chang-to‘zon, kuchli yog‘ingarchilik) navigatsiya chiroqlaridan foydalanishlari shart.
Navigatsiya belgilaridan quyosh chiqqandan botgunga qadar (kunduz kuni) foydalaniladi.
Suv havzalarida baliq ovlash anjomlari bilan turgan, to‘rlarni o‘rnatayotgan yoxud tashlangan to‘rlar bilan oqim bo‘yicha harakatlanuvchi kemalarda tunda o‘ng qirg‘oqda ishlash vaqtida gorizont bo‘ylab 360 gradusda ko‘rinadigan vertikal joylashgan ikkita qizil, chap qirg‘oqda - ikkita oq chiroq, kunduz kuni tegishli ikkita qizil va ikkita oq bayroq bo‘lishi shart.
Uzunligi 7 metr va undan ortiq bo‘lgan mexanik dvigatelga ega kemalar hamda suv tubini chuqurlashtiruvchi zemsnaradlar davomli va qisqa tovushli signallar beruvchi qurilmalarga ega bo‘lishi shart.
Kemalardan o‘zib ketish manevrlari o‘zib ketilayotgan kemaning (tarkibning) chap borti tomonidan amalga oshirilishi shart.
Quvvati 300-400 ot kuchiga ega bo‘lgan har bir shatakka oluvchi kemada 200 metrdan kam bo‘lmagan, quvvati 100-180 ot kuchiga ega bo‘lgan kemada 75 metrdan kam bo‘lmagan zanjirlar bo‘lishi shart.
"Chegara hududlarida suzish Xalqaro bitimlar va O‘zbekistonning chegara hududlarida faoliyat yuritishni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari hamda mazkur qoidalar bilan tartibga keltiriladi", - deyilgan hujjatda.
Gorizont bo‘ylab ko‘rinish masofasi 1 kmdan kam bo‘lganda kemalarning harakatlanishi taqiqlanadi.