Anqara va Moskva milliy valyutalarga o‘tish masalasini muhokama qilmoqda

© Foto : © Depositphotos.com / yskandagTureskie liri. Arxivnoe foto
Tureskie liri. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Obuna bo‘lish
Anqara va Moskva milliy valyutalarga o‘tish yo‘nalishlarini kengaytirishni faol muhokama qilmoqda.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Turkiya va Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga o‘tish yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha faol munozaralarni boshladi. Bu haqda RIA Novostiga Turkiya yetakchisi ma’muriyatidagi manba ma’lum qildi.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, milliy valyutalarga o‘tish jarayoni oson kechmaydi, lekin tomonlarning siyosiy irodasi va aniq vazifalar bor.
“Biz hozir rossiyalik hamkorlarimiz bilan milliy valyutalarga o‘tishimiz mumkin bo‘lgan sohalarni faol muhokama qilmoqdamiz. Bilasizki, bu jarayon energetika sohasida, gaz xarid qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorligimizdan boshlangan. Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar barcha sohalarda izchil rivojlanib bormoqda va bu boradagi ishlar samarasini ko‘rsatgan rahbarlarimizning ko‘rsatmalarini shunga yarasha bajarmoqdamiz”, - dedi agentlik suhbatdoshi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sentabr oyi boshida turkiyalik hamkasbi Tayyip Erdog‘an bilan muzokaralardan so‘ng Rossiya va Turkiya o‘rtasida to‘lovlarda milliy valyutalardan foydalanish tendensiyasi kuzatilayotgani, dollar va yevrodagi to‘lovlar ulushi kamayib borayotganini ma’lum qildi. O‘z navbatida Erdog‘an ikki tomonlama hamkorlikda milliy valyutalarga o‘tish muhimligini ta’kidladi.
Turk biznesi Rossiyaning elektron tijorat kompaniyalari orqali rubl to‘lovlarini amalga oshiruvchi savdo operatsiyalarini oshirmoqda. Aydınlık gazetasiga ko‘ra, shu yilning yetti oyi davomida 428,8 million dollarlik eksport rublda to‘langan.
Yangiliklar lentasi
0