Vladimir Putin va Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv qayerda o‘tishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishVladimir Putin va Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv
Vladimir Putin va Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2023
Obuna bo‘lish
Peskov: Putin va Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv Uzoq Sharqda bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yetakchisi Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv Uzoq Sharqda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kreml vakili Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Uning aniqlik kiritishicha, ikki davlat rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi, bundan tashqari, yakkama-yakka muloqot, shuningdek, Kim Chen In sharafiga Putin nomidan rasmiy kechki ziyofat berilishi kutilmoqda.
Prezident matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashiladi, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni ham muhokama qiladi.
Biroq matbuot anjumanlari rejalashtirilmagan, deya xulosa qildi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq RF prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi davlat ishlari raisi Kim Chen In yaqin kunlarda rasmiy tashrif bilan RFga kelishi ma’lum qilingandi. Kim Chen In 2019-yil aprelida Rossiyaga tashrif buyurgan edi.
Yangiliklar lentasi
0