Toshkent viloyatida “Uzum sayli” xalqaro festivali o‘tkaziladi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishUzum festivali. Arxiv surat
Uzum festivali. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2023
Obuna bo‘lish
Parkent tumanida 15-16-sentabr kunlari “Uzum sayli” xalqaro festivali o‘tkaziladi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Toshkent viloyatida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Toshkent viloyatining eko va agroturizm salohiyatini namoyon etish maqsadida 15-16-sentabr kunlari Parkent tumanida “Uzum sayli” xalqaro festivali o‘tkaziladi.
Tadbirning asosiy maqsadi - sayyohlar oqimini oshirish, uzumchilik va vinochilik yo‘nalishida tajriba almashish, eko turizm mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish hamda xorijiy sarmoyalarni respublikaga jalb qilishga qaratilgan.
“Festivalda respublikaning 12 ta viloyatidan fermer xo‘jaliklari, ekoturizm yo‘nalishidagi tadbirkorlar va turli xil tabiiy ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etadi. Har bir hudud o‘z eko, agro, gastroturizm salohiyatini namoyish etadi”, - deyiladi xabarda.
Tadbirda xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan mahorat darslari, biznes loyihalar, ekoturizm va uzumchilik sohasida erishilgan natijalar taqdimoti o‘tkaziladi.
Tadbirning madaniy qismidan esa milliy folklor jamoalari, estrada san’atkorlari chiqishlari, xalq urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi keng ko‘lamli madaniy dastur o‘rin olgan.
Tadbir Turizm qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, respublika bo‘yicha 182,1 ming gektar (107 ming hosilli) tokzorlar mavjud. Shu yilning o‘zida 2 million tonna uzum yetishtirish rejalashtirilgan. 2021-2023 yillarda 88,3 ming gektar, shundan 2023-yilda 14,4 ming gektar uzumzorlar barpo etildi. Yil yakunigacha yana 28 ming gektar barpo etish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistondagi eng mashhur uzumzorlar. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2023
Rossiyadan ham mijozlar keladigan O‘zbekistondagi eng mashhur uzumzorlar — video
Yangiliklar lentasi
0