https://oz.sputniknews.uz/20230912/ozbekiston-yol-qurilishi-yangi-usul-38838120.html
O‘zbekiston yo‘l qurilishida yangi usulga o‘tadi
O‘zbekiston yo‘l qurilishida yangi usulga o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yo‘l qurilishida “resurs” usulidan “hajm” usuliga o‘tish, “FIDIK” standartlarini joriy etadi. Misol uchun, loyihaning texnik topshirig‘i hozirda “resurs” usuliga asoslangan. Bunda 1 kilometr yo‘l qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilg‘i va nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa bo‘lishi kerak, degan yuzlab shartlar kiritilgan.
2023-09-12T18:29+0500
2023-09-12T18:29+0500
2023-09-12T18:44+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/12/36937336_0:69:3072:1797_1920x0_80_0_0_be1f61dd3fa30abe1a4d9635670d7ec4.jpg
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston yo‘l qurilishida “resurs” usulidan “hajm” usuliga o‘tish, “FIDIK” standartlarini joriy etadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘llarni loyihalash, qurish va saqlash tizimini isloh qilish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda tegishli takliflarni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.Misol uchun, loyihaning texnik topshirig‘i hozirda “resurs” usuliga asoslangan. Bunda 1 kilometr yo‘l qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilg‘i va nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa bo‘lishi kerak, degan yuzlab shartlar kiritilgan.Yig‘ilishda Mirziyoyev yo‘l sohasidagi tizimli muammolarni sanab o‘tdi.Hududlarda o‘tkazilgan so‘rovlarda aholi ichki yo‘llarning holati va sifatini dolzarb muammolardan biri sifatida ko‘rsatgan. Ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish orqali loyihalar qiymatini kamida 20-30 foizga qisqartirish mumkinligi qayd etildi.Yig‘ilishda yo‘llarni loyihalash meyorlarini takomillashtirish zarurligiga e’tibor qaratildi.Kichik, o‘rta va katta yo‘llar uchun ham, shuningdek, vohadagi yo‘llar bilan vodiydagi yo‘llar uchun ham bir xil “shablon” loyihalar ishlab chiqilmoqda.Loyihalarda yo‘l bo‘yi infratuzilmasini nazarda tutilgan holda xalqaro yo‘llarda savdo va servis obyektlarini tartibli joylashtirishga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/12/36937336_436:57:2817:1843_1920x0_80_0_0_b46da9bd02cd2657f5c52f1cd61729f2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston yo‘l qurilishi yangi usul resurs usuli hajm usuli fidik standartlari
o‘zbekiston yo‘l qurilishi yangi usul resurs usuli hajm usuli fidik standartlari
O‘zbekiston yo‘l qurilishida yangi usulga o‘tadi
18:29 12.09.2023 (yangilandi: 18:44 12.09.2023) Davlat rahbari yo‘l qurilishida “resurs” usulidan “hajm” usuliga o‘tish taklifini ma’qulladi
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston yo‘l qurilishida “resurs” usulidan “hajm” usuliga o‘tish, “FIDIK” standartlarini joriy etadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘llarni loyihalash, qurish va saqlash tizimini isloh qilish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda tegishli takliflarni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi
ma’lum qildi. Misol uchun, loyihaning texnik topshirig‘i hozirda “resurs” usuliga asoslangan. Bunda 1 kilometr yo‘l qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilg‘i va nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa bo‘lishi kerak, degan yuzlab shartlar kiritilgan.
“Oqibatda texnik nazoratchilar asosiy vaqtini yo‘lning sifatini tekshirishga emas, pudratchining hujjatlarini o‘rganishga sarflaydi. Natija hammaga ma’lum. Aslida, davlat yo‘lning o‘ziga talabni belgilab, uni sifatli qabul qilishi kerak. Marhamat, pudratchi yo‘lni qanday texnika bilan qurishini o‘zi hal qilsin. “Hajm” usulining mazmuni ham shu”, - dedi prezident.
Yig‘ilishda Mirziyoyev yo‘l sohasidagi tizimli muammolarni sanab o‘tdi.
Hududlarda o‘tkazilgan so‘rovlarda aholi ichki yo‘llarning holati va sifatini dolzarb muammolardan biri sifatida ko‘rsatgan. Ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish orqali loyihalar qiymatini kamida 20-30 foizga qisqartirish mumkinligi qayd etildi.
Yig‘ilishda yo‘llarni loyihalash meyorlarini takomillashtirish zarurligiga e’tibor qaratildi.
Kichik, o‘rta va katta yo‘llar uchun ham, shuningdek, vohadagi yo‘llar bilan vodiydagi yo‘llar uchun ham bir xil “shablon” loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Loyihalarda yo‘l bo‘yi infratuzilmasini nazarda tutilgan holda xalqaro yo‘llarda savdo va servis obyektlarini tartibli joylashtirishga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.