https://oz.sputniknews.uz/20230912/ozbekiston-kuz-qachon-38828277.html
O‘zbekistonda haqiqiy kuz qachon boshlanadi?
O‘zbekistonda haqiqiy kuz qachon boshlanadi?
Sputnik O‘zbekiston
Sentabr oyi taqvim bo‘yicha kuz oyi deb hisoblansa-da, lekin O‘zbekistonda yoz fasli kabi hali ham asosan kam bulutli va quruq ob-havo, faqat yozga qaraganda qulayroq harorat foni ustun turadi. Iqlimshunos olimlarning fikricha, O‘zbekistonda kuz aslida o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati + 20 darajadan pastga tushganda boshlanadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
2023-09-12T16:44+0500
2023-09-12T16:44+0500
2023-09-12T16:49+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekistonda ob-havo
o‘zgidromet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1d/30336067_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_7aa03199797fd3f6ea66dcbdc1c3618e.jpg
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Sentabr oyi taqvim bo‘yicha kuz oyi deb hisoblansa-da, lekin O‘zbekistonda yoz fasli kabi hali ham asosan kam bulutli va quruq ob-havo, faqat yozga qaraganda qulayroq harorat foni ustun turadi. Iqlimshunos olimlarning fikricha, O‘zbekistonda kuz aslida o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati + 20 darajadan pastga tushganda boshlanadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.Ko‘p yillik iqlimiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududining katta qismida o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati sentabr oyining so‘nggi o‘n kunligida +20 darajadan pastga tushadi, ammo oy oxirigacha bu qiymatga yaqin bo‘lib turadi.Sentabr oyida yog‘ingarchilik yilning eng quruq oyi - avgust oyiga nisbatan biroz ko‘p bo‘ladi. Hududning katta qismi bo‘yicha oylik yog‘ingarchilik miqdori biroz bo‘lib, 2-5 mm ni tashkil etadi, janubda va cho‘l hududlarda esa undan ham kam bo‘ladi.Sentabr oyidagi ob-havo sharoiti har doim ham iqlimiy, ya’ni o‘rtacha ko‘p yillik sharoitlarga mos kelmaydi. Ayrim yillarda yog‘ingarchilik meyordan 2-3 marta ko‘p yoki oyning o‘rtacha harorati meyordan +1...+1,5 darajaga past bo‘ladi. Ammo bunday sentabr oylari kam, o‘rtacha har 6-8 yilda bir marta kuzatiladi.Oktabrda va ayniqsa, noyabrda o‘rtacha havo harorati yanada yuqori tezlikda pasayishda davom etadi. Yog‘ingarchilik tez-tez va ko‘proq miqdorda bo‘ladi. Noyabr oyida va kamdan-kam hollarda oktabr oyida harorat salbiy qiymatlargacha pasayadi va yog‘ingarchilik nafaqat yomg‘ir shaklida, balki qor shaklida ham yog‘adi.O‘zbekistonda kuz o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati +5 darajagacha pasayganga qadar davom etadi. Hududning katta qismida bu taqvim sanalariga mos bo‘lib, noyabr oyining eng oxirida sodir bo‘ladi. Biroq respublikaning shimolida "iqlimiy kuz" noyabr oyining birinchi o‘n kunligida tugaydi. Ammo eng chekka janubda esa deyarli dekabr oyining oxirigacha o‘rtacha kecha-kunduzlik harorat +5 darajadan yuqori bo‘lib qoladi.“Ushbu haftaning oxirigacha respublika hududi bo‘yicha ob-havo sharoitida deyarli o‘zgarishlar kutilmaydi. Keyingi haftada ob-havo yomonlashishi mumkin, ammo bu qisqa muddatli bo‘ladi. Shuni aytish joizki, sentabr oyining o‘rtasi bo‘lishiga qaramay, O‘zbekistonda "iqlimiy yoz" davom etmoqda”, - deyilgan xabarda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1d/30336067_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_bbb113d040742879339e972ea6661ba1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston haqiqiy kuz qachon
o‘zbekiston haqiqiy kuz qachon
O‘zbekistonda haqiqiy kuz qachon boshlanadi?
16:44 12.09.2023 (yangilandi: 16:49 12.09.2023) O‘zgidromet kuz o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati + 20 darajadan pastga tushgandan keyin boshlanishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Sentabr oyi taqvim bo‘yicha kuz oyi deb hisoblansa-da, lekin O‘zbekistonda yoz fasli kabi hali ham asosan kam bulutli va quruq ob-havo, faqat yozga qaraganda qulayroq harorat foni ustun turadi. Iqlimshunos olimlarning fikricha, O‘zbekistonda kuz aslida o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati + 20 darajadan pastga tushganda boshlanadi, deb
xabar bermoqda O‘zgidromet.
Ko‘p yillik iqlimiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududining katta qismida o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati sentabr oyining so‘nggi o‘n kunligida +20 darajadan pastga tushadi, ammo oy oxirigacha bu qiymatga yaqin bo‘lib turadi.
Sentabr oyida yog‘ingarchilik yilning eng quruq oyi - avgust oyiga nisbatan biroz ko‘p bo‘ladi. Hududning katta qismi bo‘yicha oylik yog‘ingarchilik miqdori biroz bo‘lib, 2-5 mm ni tashkil etadi, janubda va cho‘l hududlarda esa undan ham kam bo‘ladi.
“Shuni aytishimiz mumkinki, oktabr oyida kunlar qisqara boshlaganda, harorat pasayishi sezilarli bo‘lganda, yomg‘ir tez-tez yog‘ganda haqiqiy kuz boshlanadi”, - deyilgan xabarda.
Sentabr oyidagi ob-havo sharoiti har doim ham iqlimiy, ya’ni o‘rtacha ko‘p yillik sharoitlarga mos kelmaydi. Ayrim yillarda yog‘ingarchilik meyordan 2-3 marta ko‘p yoki oyning o‘rtacha harorati meyordan +1...+1,5 darajaga past bo‘ladi. Ammo bunday sentabr oylari kam, o‘rtacha har 6-8 yilda bir marta kuzatiladi.
Oktabrda va ayniqsa, noyabrda o‘rtacha havo harorati yanada yuqori tezlikda pasayishda davom etadi. Yog‘ingarchilik tez-tez va ko‘proq miqdorda bo‘ladi. Noyabr oyida va kamdan-kam hollarda oktabr oyida harorat salbiy qiymatlargacha pasayadi va yog‘ingarchilik nafaqat yomg‘ir shaklida, balki qor shaklida ham yog‘adi.
O‘zbekistonda kuz o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati +5 darajagacha pasayganga qadar davom etadi. Hududning katta qismida bu taqvim sanalariga mos bo‘lib, noyabr oyining eng oxirida sodir bo‘ladi. Biroq respublikaning shimolida "iqlimiy kuz" noyabr oyining birinchi o‘n kunligida tugaydi. Ammo eng chekka janubda esa deyarli dekabr oyining oxirigacha o‘rtacha kecha-kunduzlik harorat +5 darajadan yuqori bo‘lib qoladi.
“Ushbu haftaning oxirigacha respublika hududi bo‘yicha ob-havo sharoitida deyarli o‘zgarishlar kutilmaydi. Keyingi haftada ob-havo yomonlashishi mumkin, ammo bu qisqa muddatli bo‘ladi. Shuni aytish joizki, sentabr oyining o‘rtasi bo‘lishiga qaramay, O‘zbekistonda "iqlimiy yoz" davom etmoqda”, - deyilgan xabarda.