Maktablarda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslari joriy etiladi

© Sputnik/Abdubakir YunusovNachalo novogo uchebnogo goda v shkolax Uzbekistana
Nachalo novogo uchebnogo goda v shkolax Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2023
Obuna bo‘lish
Shuningdek, 5 ming nafargacha professor-o‘qituvchilar tajriba almashish uchun, 200 nafargacha yosh olimlar ilmiy daraja olish uchun tanlov asosida xorijiy ilmiy tashkilotlarga yuboriladi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekistonda maktablarda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslari joriy etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan:
onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi amaliyoti joriy etiladi;
virusli gepatitning “S” turi bilan kasallangan bemorlarni hamda gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi muolajasiga muhtoj onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolash yo‘lga qo‘yiladi.
2023 yil 1-oktabrdan og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan yoki tushish xavfi yuqori bo‘lgan har bir oila bo‘yicha alohida “ijtimoiy xizmat ishi”ni yuritish tartibi joriy etiladi.
2024 yil 1-yanvardan:
Toshkent shahrining tibbiyot muassasalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar hajmi va dori vositalari ro‘yxatini amaliyotga kiritishni nazarda tutuvchi davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya hamda dori vositalari bilan ta’minlash ishlari “vaucher” tizimi asosida tashkil etiladi;
og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni qayta kasbga tayyorlash xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy etiladi.
Qaror bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bo‘yicha 2023-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Unda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:
maktablarda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslarini joriy etish;
5 ming nafargacha professor-o‘qituvchilarni tajriba almashish uchun, 200 nafargacha yosh olimlarni ilmiy daraja olish uchun tanlov asosida xorijiy ilmiy tashkilotlarga yuborish;
Buxoro shahrida Jadidlar muzeyini tashkil qilish.
Yangiliklar lentasi
0