https://oz.sputniknews.uz/20230912/baxtiyor-saidov-pan-gi-mun-38791094.html
Baxtiyor Saidov Pan Gi Mun bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
Baxtiyor Saidov Pan Gi Mun bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
Sputnik O‘zbekiston
Baxtiyor Saidovning Pan Gi Mun bilan uchrashuvida qo‘shma dasturlar muhokama etildi.
2023-09-12T08:31+0500
2023-09-12T08:31+0500
2023-09-12T16:15+0500
siyosat
o‘zbekiston
mdh
iqlim o‘zgarishi
issiqxona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0c/38790768_0:76:1159:728_1920x0_80_0_0_7bd3d6d122ffef7482ac88e4f13d40cd.jpg
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yashil o‘sish global instituti Kengashi raisi, Assambleya prezidenti Pan Gi Mun bilan uchrashdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.Muloqotda qo‘shma dasturlar, jumladan, “GGGIning O‘zbekiston bo‘yicha 2021 – 2025-yillarga mo‘ljallangan rejalashtirish strategiyasi” va “2019-2030 yillar davrida O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” doirasidagi loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Global Yashil rivojlanish institutining (GGGI) O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2022-yilda ochilgan. Uning respublikadagi vakolatxonasi institutning MDH davlatlari, xususan, Markaziy Osiyodagi birinchi vakolatxonasi hisoblanadi.Tashkilot 2012-yil 20-iyunda Braziliyada Barqaror rivojlanish bo‘yicha BMT konferensiyasi doirasida tashkil etilgan. Uning maqsadi yashil iqtisodiyotni rivojlantirish orqali mamlakatlarning barqaror iqtisodiy o‘sishiga yordam berishdan iborat.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0c/38790768_184:135:945:706_1920x0_80_0_0_24efd14d81c468a5a28dd6adf0187d8a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
baxtiyor saidov pan gi mun uchrashuv o‘zbekiston
baxtiyor saidov pan gi mun uchrashuv o‘zbekiston
Baxtiyor Saidov Pan Gi Mun bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
08:31 12.09.2023 (yangilandi: 16:15 12.09.2023) Baxtiyor Saidovning Pan Gi Mun bilan uchrashuvida qo‘shma dasturlar muhokama etildi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yashil o‘sish global instituti Kengashi raisi, Assambleya prezidenti Pan Gi Mun bilan uchrashdi, deya xabar berdi vazirlik
matbuot xizmati. Muloqotda qo‘shma dasturlar, jumladan, “GGGIning O‘zbekiston bo‘yicha 2021 – 2025-yillarga mo‘ljallangan rejalashtirish strategiyasi” va “2019-2030 yillar davrida O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” doirasidagi loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
“Issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, yashil ish o‘rinlari yaratish, barqaror xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini ko‘paytirish, energiya samaradorligini oshirish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va boshqa yo‘nalishlarga qaratilgan amaldagi hamda muvaffaqiyatli loyihalar natijalarini ko‘rib chiqildi”, - deyiladi xabarda.
Global Yashil rivojlanish institutining (GGGI) O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2022-yilda ochilgan. Uning respublikadagi vakolatxonasi institutning MDH davlatlari, xususan, Markaziy Osiyodagi birinchi vakolatxonasi hisoblanadi.
Tashkilot 2012-yil 20-iyunda Braziliyada Barqaror rivojlanish bo‘yicha BMT konferensiyasi doirasida tashkil etilgan. Uning maqsadi yashil iqtisodiyotni rivojlantirish orqali mamlakatlarning barqaror iqtisodiy o‘sishiga yordam berishdan iborat.