"Andijon" aeroportining uchish-qo‘ynish yo‘lagini yangilash boshlandi

© Press-slujba "Uzbekistan Airports"Mejdunarodniy aeroport "Andijan"
Mejdunarodniy aeroport Andijan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2023
Obuna bo‘lish
Loyihaning amalga oshirilishi mintaqada turizmni rivojlantirish va investitsion muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Andijon xalqaro aeroportida yangi aerodrom majmuasi qurilishining birinchi bosqichi boshlandi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Airports.
2023-2024 yillar davomida amalga oshiriladigan rekonstruksiya doirasida, aerodrom barcha turdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Xususan, quyidagilar barpo etiladi:
uzunligi 3400 metr va eni 60 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi,
yurish yo‘laklari,
samolyotlar uchun yettita to‘xtash joyi (perron),
ICAO ikkinchi (SAT-II) toifali zamonaviy yoritish moslamalari o‘rnatiladi.
Zamonaviy yoritish chiroqlari barcha turdagi havo kemalarini tungi vaqtda va og‘ir ob-havo sharoitida qabul qilish va jo‘natish imkonini beradi.
Bugungi kunda, aeroportning mavjud uchish-qo‘nish yo‘lagi uzunligi 2985 metr va eni 44 metr bo‘lib, yo‘l qoplamasining yuk ko‘tarish qobiliyati pastligi, shuningdek, zamonaviy yoritish tizimining yo‘qligi sababli ko‘plab turdagi samolyotlarni qabul qilishda va tunda faoliyat olib borishda cheklovlar mavjud edi.
Yangiliklar lentasi
0