Liviyadagi dahshatli suv toshqinlari oqibatlari - foto
Liviyadagi dahshatli suv toshqinlari oqibatlari - foto
Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Afrikadagi Liviyada "Daniel" bo‘roni keltirib chiqargan suv toshqinlari oqibatida minglab odamlar bedarak yo‘qoldi. Rasmiylarga ko‘ra, Derna shahrida kuchli suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni uch mingga yetgan.

Liviya OAVlari avvalroq xabar qilganidek, yakshanba kuni “Daniel” bo‘roni sabab kuchli sel Liviya sharqidagi bir qator shahar va aholi punktlarida, jumladan, Al-Bayda va Dernada to‘fon va toshqinlarga sabab bo‘lgan.
Mamlakat sharqidagi Susa va Derna shaharlari tabiiy ofat hududlari deb e’lon qilindi. Suv toshqinidan jabr ko‘rgan shaharlarda komendantlik soati joriy etildi.
Liviya Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Liviyaning shimoli-sharqiy hududlarida sodir bo‘lgan sel va suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 ming nafarga yetdi.