Xivadagi etnosport festivalining eng yorqin lahzalari — video

Obuna bo‘lish
Xivada bo‘lib o‘tgan etnosport festivalida mingga yaqin sportchilar kurash, tosh o‘ynatish, kamondan otish, uloq-ko‘pkari kabi an’anaviy sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazishdi.
Xivada 7-10 sentabr kunlari Xalqaro etnosport festivali bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 63 mamlakatidan 2000 mingga yaqin ishtirokchi tashrif buyurdi.
Sportchilar milliy sport turalari va xalq o‘yinlari doirasida bellashdilar. Eng yorqin chiqishlar O‘zbekiston "qo‘l san’ati" jamoasi hamda Janubiy Koreyaning "Txekkon" qadimiy yakkakurash san’ati namoyishlari bo‘ldi.
Festivalda, shuningdek, xalq og‘izaki ijodiga mansub qo‘shiq va musiqa, chillik, lanka, arqon tortish kabi an’anaviy xalq o‘yinlari ham namoyish etildi.
Mehmonlar uchun esda qolarli tadbirlardan biri bu Palov festivali bo‘ldi. Unda O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan oshpazlar palovning 20 ga yaqin turini tayyorlashdi.
Festivalda nufuzli sport tashkilotlari hamda Rossiya va Ozarbayjon sport vazirlari mehmon bo‘lishdi.
Xivadagi etnosport festivalining eng yorqin lahzalari bilan videolavhamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0