Rossiya ShHT mamlakatlarini xalqaro rus tili tashkilotiga qo‘shilishga chaqirdi

© Sputnik / Andrey Iglov / Mediabankka o‘tishRossiyskie uchebniki po russkomu yaziku
Rossiyskie uchebniki po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2023
Obuna bo‘lish
Xalqaro rus tili tashkiloti tashkil etish tashabbusi Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga tegishli.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari yetakchilari tez orada xalqaro rus tili tashkilotini ta’sis etish to‘g‘risidagi hujjatni imzolashadi. Rossiya Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlatlarini unga qo‘shilishga chaqiradi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forumda ma’lum qildi.
“Yaqin kunlarda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari qit’ada xalqaro rus tili tashkilotini ta’sis etuvchi hujjatni imzolashadi. ShHTning boshqa mamlakatlarini bu tashkilotga qo‘shilishga chaqiramiz”, - dedi Overchuk.
Eslatib o‘tamiz, MDH shafeligida xalqaro rus tili tashkiloti tashkil etish tashabbusi Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga tegishli. Tashabbus o‘tgan yilning oktabr oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida MDH davlatlari rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Tashkilot konsepsiyasi ham tasdiqlagan.
Yangiliklar lentasi
0