Toshkentning 6 ta tumanida gaz qisman o‘chiriladi — ro‘yxat

© Sputnik / ANDREW ABRAMOVGaz plitasi
Gaz plitasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2023
Obuna bo‘lish
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida 6 tumanning gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. 11-12 sentabr kunlari Toshkentning Sergeli, Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yangihayot va Bektemir tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida yuqoridagi tumanlar gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Yakkasaroy tumanida 11-sentabr kuni 10:00 dan 18:00 gacha:
A. Qahhor mahallasi;
Damariq mahallasi;
Bobur mahallasi;
X. Sulayman mahallasidagi xususiy va ulgurji iste’molchilar;
Sergeli tumanida 11-sentabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha:
Eshonbuloq mahallasining Xonobod, Muqanna ko‘chalari;
Sadoqat mahallasining Tabarruk, Tavallo ko‘chalari;
Xonobod mahallasining Kichiksoy, Beruniy ko‘chalari;
Yuqori Darxon mahallasining Navro‘z, Chorbog‘ ko‘chalari;
Ulgurji iste’molchilar - 46 ta;
Bektemir tumanida 11-sentabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha:
Nurafshon mahallasi;
Ulgurji iste’molchilar - 6 ta;
Yangihayot tumanida 11-sentabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha:
Fayzli mahallasidagi Daryo bo‘yi 4-tor, Qipchoq ko‘chalari;
Yangi Darxon mahallasi;
Ulgurji iste’molchilar - 5 ta;
Mirobod tumanida 12-sentabr kuni 10:00 dan 18:00 gacha:
Yangi Mirobod mahallasi;
Baynalminal mahallasi;
Ulgurji iste’molchilar - 34 ta.
Yangiliklar lentasi
0