https://oz.sputniknews.uz/20230911/shimoliy-vokzaldan-harakatlanuvchi-poezdlar-bir-oy-davomida-janubiy-vokzaldan-qatnaydi-38785058.html
Shimoliy vokzaldan harakatlanuvchi ayrim poyezdlar vaqtincha Janubiy vokzaldan qatnaydi
Shimoliy vokzaldan harakatlanuvchi ayrim poyezdlar vaqtincha Janubiy vokzaldan qatnaydi
Sputnik O‘zbekiston
"To‘qimachi" hamda "Toshkent-yo‘lovchi" temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi yo‘lda texnik ta’mirlash ishlari olib boriladi. 11.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-09-11T18:41+0500
2023-09-11T18:41+0500
2023-09-11T18:42+0500
jamiyat
toshkent markaziy temir yo‘l vokzali
o‘zbekiston
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/01/37448650_0:63:3072:1791_1920x0_80_0_0_5aa3f15acdb454ed3945791800a66222.jpg
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. 15-sentabrdan 15-oktabrgacha Toshkentdagi markaziy (Shimoliy) temir yo‘l vokzalidan harakatlanadigan aksariyat poyezdlar qatnovi "Toshkent-Janubiy" vokzalidan amalga oshiriladi. Bu haqda "O‘zbekiston temiryo‘llari" AJ xabar bermoqda.Ma’lum qilinishicha, bu vaqt mobaynida "To‘qimachi" hamda "Toshkent-yo‘lovchi" temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi yo‘lda texnik ta’mirlash ishlari olib boriladi.Bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari, "Sharq" (Toshkent — Buxoro), "Nasaf" (Toshkent — Qarshi), "O‘zbekiston" (Toshkent — Andijon) hamda xalqaro yo‘nalishlardagi Toshkent — Volgograd, Dushanbe — Toshkent yo‘lovchi poyezdlari "Toshkent-Janubiy" temir yo‘l vokzal hududidan reyslarini amalga oshiradi.Olmaota — Toshkent, Toshkent — Novosibirsk, Toshkent — Samara yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari hamda Toshkent — Xojikent shaharlararo poyezdlari qatnovi bundan mustasno. Ular Shimoliy vokzaldan qatnovni davom ettiraveradi.Ta’kidlanishicha, har ikki vokzaldagi barcha chiptaxonalar uzluksiz ishlaydi. Bundan tashqari, chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin. "Toshkent-Janubiy" temir yo‘l vokzaldagi kutish zallari, vokzalga kirishda 3 ta bir bosqichli nazorat o‘tish punkti doimiy ravishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.Shuningdek, bir oy mobaynida "Toshkent-Markaziy" vokzalidagi chiptaxonalardan poyezd jo‘nashidan oldin chipta xarid qilgan yoki adashib "Toshkent-Shimoliy" vokzaliga kelib qolgan yo‘lovchilarni "Toshkent-Janubiy" vokzaliga olib borish uchun vaqtincha bepul avtobuslar qatnaydi.Qo‘shimcha qilinishicha, rekonstruksiya ishlaridan so‘ng mazkur hududdagi temir yo‘lda poyezdlar o‘tkazuvchanligi yanada ortadi va yuk poyezdlarining to‘xtovsiz harakatlanishiga imkoniyat yaratiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20230911/qator-yolovchi-poezdlar-harakati-bekor-qilindi-38779047.html
toshkent markaziy temir yo‘l vokzali
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/01/37448650_279:0:3010:2048_1920x0_80_0_0_20d9dd1ff4208566bdb6676bd9b54622.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent markaziy temir yo‘l vokzali, o‘zbekiston, toshkent
jamiyat, toshkent markaziy temir yo‘l vokzali, o‘zbekiston, toshkent
Shimoliy vokzaldan harakatlanuvchi ayrim poyezdlar vaqtincha Janubiy vokzaldan qatnaydi
18:41 11.09.2023 (yangilandi: 18:42 11.09.2023) "To‘qimachi" hamda "Toshkent-yo‘lovchi" temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi yo‘lda texnik ta’mirlash ishlari olib boriladi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. 15 sentabrdan 15-oktabrgacha Toshkentdagi markaziy (Shimoliy) temir yo‘l vokzalidan harakatlanadigan aksariyat poyezdlar qatnovi "Toshkent-Janubiy" vokzalidan amalga oshiriladi. Bu haqda "O‘zbekiston temiryo‘llari" AJ
xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bu vaqt mobaynida "To‘qimachi" hamda "Toshkent-yo‘lovchi" temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi yo‘lda texnik ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari, "Sharq" (Toshkent — Buxoro), "Nasaf" (Toshkent — Qarshi), "O‘zbekiston" (Toshkent — Andijon) hamda xalqaro yo‘nalishlardagi Toshkent — Volgograd, Dushanbe — Toshkent yo‘lovchi poyezdlari "Toshkent-Janubiy" temir yo‘l vokzal hududidan reyslarini amalga oshiradi.
Olmaota — Toshkent, Toshkent — Novosibirsk, Toshkent — Samara yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari hamda Toshkent — Xojikent shaharlararo poyezdlari qatnovi bundan mustasno. Ular Shimoliy vokzaldan qatnovni davom ettiraveradi.
Ta’kidlanishicha, har ikki vokzaldagi barcha chiptaxonalar uzluksiz ishlaydi. Bundan tashqari, chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin. "Toshkent-Janubiy" temir yo‘l vokzaldagi kutish zallari, vokzalga kirishda 3 ta bir bosqichli nazorat o‘tish punkti doimiy ravishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, bir oy mobaynida "Toshkent-Markaziy" vokzalidagi chiptaxonalardan poyezd jo‘nashidan oldin chipta xarid qilgan yoki adashib "Toshkent-Shimoliy" vokzaliga kelib qolgan yo‘lovchilarni "Toshkent-Janubiy" vokzaliga olib borish uchun vaqtincha bepul avtobuslar qatnaydi.
Qo‘shimcha qilinishicha, rekonstruksiya ishlaridan so‘ng mazkur hududdagi temir yo‘lda poyezdlar o‘tkazuvchanligi yanada ortadi va yuk poyezdlarining to‘xtovsiz harakatlanishiga imkoniyat yaratiladi.