https://oz.sputniknews.uz/20230911/saidov-koreya-bosh-vaziri-bilan-uchrashdi-38755725.html
Saidov Koreya bosh vaziri bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?
Saidov Koreya bosh vaziri bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda O‘zbekiston-Koreya Respublikasi strategik sherikligini yanada faollashtirish, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
2023-09-11T09:03+0500
2023-09-11T09:03+0500
2023-09-11T11:52+0500
siyosat
o‘zbekiston
koreya
baxtiyor saidov
uchrashuv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0b/38755250_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_a2b1e4d6c5d701a5fce9d0644476f068.jpg
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 10-sentabr kuni, Koreya Respublikasi bosh vaziri Xan Dak Su bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida ma’lum qildi.Saidov, shuningdek, dunyodagi eng yirik xotira chiplari va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri "SK hynix" prezidenti Kim Dong Sop bilan uchrashuv o‘tkazdi. Korxona va ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi hamda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.Saidov "Shindong Resources" kompaniyasi rahbari va Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi raisi Kim Yong Gu bilan ham uchrashdi. Saidovga ko‘ra, assotsiatsiya ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning muhim platformasi sifatida xizmat qilmoqda.Joriy yil 10-12 sentabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi tashrif bilan Janubiy Koreyada bo‘ladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0b/38755250_44:0:1181:853_1920x0_80_0_0_91ec12c8e7177bfc689d101ceaa635ec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
saidov koreya
Saidov Koreya bosh vaziri bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?
09:03 11.09.2023 (yangilandi: 11:52 11.09.2023) Uchrashuvda O‘zbekiston-Koreya Respublikasi strategik sherikligini yanada faollashtirish, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 10-sentabr kuni, Koreya Respublikasi bosh vaziri Xan Dak Su bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida
ma’lum qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Koreya Respublikasi strategik sherikligini yanada faollashtirish, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida bo‘lgani kabi davlat idoralari o‘rtasida yaqin sheriklik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Saidov, shuningdek, dunyodagi eng yirik xotira chiplari va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri "SK hynix" prezidenti Kim Dong Sop bilan uchrashuv o‘tkazdi. Korxona va ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi hamda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.
Saidov "Shindong Resources" kompaniyasi rahbari va Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi raisi Kim Yong Gu bilan ham uchrashdi. Saidovga ko‘ra, assotsiatsiya ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning muhim platformasi sifatida xizmat qilmoqda.
Joriy yil 10-12 sentabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi tashrif bilan Janubiy Koreyada bo‘ladi.