https://oz.sputniknews.uz/20230911/ozbekistonda-ishdan-olish-va-tayinlovlar-38771546.html
O‘zbekistonda ishdan olish va tayinlovlar — 4-sentabrdan 11-sentabrgacha
O‘zbekistonda ishdan olish va tayinlovlar — 4-sentabrdan 11-sentabrgacha
Sputnik O‘zbekiston
Sputnik o‘tgan haftada respublikaning turli idoralari va ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan tayinlovlarni to‘pladi.
2023-09-11T13:30+0500
2023-09-11T13:30+0500
2023-09-11T13:30+0500
o‘zbekiston
yangi tayinlov
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/15/27336599_0:75:2497:1480_1920x0_80_0_0_d819440def8cdf6f7ba3ec07d77d1314.jpg
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘tgan haftada Favqulodda vaziyatlar vazirligi va oliy ta’lim tizimida rahbarlar o‘zgardi.Favqulodda vaziyatlar vazirligiRavshan Xaydarov Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan Kabul Berdiyev ushbu lavozimdan ozod etildi.Xaydarov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.To‘rtta oliy o‘quv yurtiga yangi rektorlar, shuningdek, tarmoqlararo institutga ijrochi direktor tayinlandi.Shahnoza Sultonova Toshkentdagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori etib tayinlandi. U texnika fanlari doktori, dotsent. Ilhomjon To‘xtasinov O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori etib tayinlandi. U 2016-yildan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori lavozimida ishlab kelgan. Jahongir Qarshiboyev Guliston davlat pedagogika instituti rektori bo‘ldi. U lavozimga tayinlangunga qadar mazkur universitetda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor va boshqa lavozimlarda ishlagan. U biologiya fanlari doktori, dotsent. Rivojiddin Karimov Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori lavozimiga tayinlandi.Shavkat Xasanov Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/15/27336599_0:0:2441:1831_1920x0_80_0_0_5b7cb278fe31c1d7548a0b5639f6d074.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston ishdan olish tayinlov
o‘zbekiston ishdan olish tayinlov
O‘zbekistonda ishdan olish va tayinlovlar — 4-sentabrdan 11-sentabrgacha
Sputnik o‘tgan haftada respublikaning turli idoralari va ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan tayinlovlarni to‘pladi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘tgan haftada Favqulodda vaziyatlar vazirligi va oliy ta’lim tizimida rahbarlar o‘zgardi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Ravshan Xaydarov Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i lavozimiga
tayinlandi, shu munosabat bilan Kabul Berdiyev ushbu lavozimdan ozod etildi.
Xaydarov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
To‘rtta oliy o‘quv yurtiga yangi rektorlar, shuningdek, tarmoqlararo institutga ijrochi direktor tayinlandi.
Shahnoza Sultonova Toshkentdagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori etib
tayinlandi. U texnika fanlari doktori, dotsent.
Ilhomjon To‘xtasinov O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori etib
tayinlandi. U 2016-yildan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori lavozimida ishlab kelgan.
Jahongir Qarshiboyev Guliston davlat pedagogika instituti rektori bo‘ldi. U lavozimga tayinlangunga qadar mazkur universitetda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor va boshqa lavozimlarda
ishlagan. U biologiya fanlari doktori, dotsent.
Rivojiddin Karimov Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Xasanov Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori lavozimiga
tayinlandi.