Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va O‘zbekiston doimiy biznes-muloqotni yo‘lga qo‘yadi

© TPP UzbekistanaZasedenie sovmestnoy rabochey gruppq YeAES Uzbekistan
Zasedenie sovmestnoy rabochey gruppq YeAES Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston SSP va YeOII Ishbilarmonlar kengashi o‘rtasida domiy biznes-muloqotni yo‘lga qo‘yish haqidagi memorandum yil oxiriga qadar imzolanadi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. YeOII Biznes kengashi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) o‘rtasida doimiy biznes-muloqot yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qilmoqda Rossiya Savdo-sanoat palatasi o‘tgan hafta Samarqandda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi yakunlariga asosan.

Yig‘ilishda taqdim etilgan O‘zbekiston SSP hamda YeOII Ishbilarmonlar kengashi o‘rtasida doimiy biznes-muloqotni yo‘lga qo‘yish memorandumi loyihasi har ikkala tomondan ma’qullangan. Memorandumni imzolash uning loyihasi yakuniy ma’qullangandan so‘ng 2023-yil oxirigacha bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

YeOII Ishbilarmonlar kengashi kotibi Sergey Mixnevich aytishiga ko‘ra, ushbu memorandum O‘zbekiston va Ittifoq ishbilarmonlari o‘rtasida doimiy biznes-muloqotni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston va YeOII o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamda sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Eslatb o‘tamiz, 6-sentabr kuni Samarqand shahrida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hamda O‘zbekiston Hukumatining o‘zaro hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma ishchi guruhining 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda YeIK Integratsiya va makroiqtisodiyot bo‘yicha hay’ati a’zosi (vazir) Sergey Glazyev, O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Abidov, O‘zbekiston SSP raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, RSPP va YeOII Ishbilarmonlar kengashi mas’ul kotibi Sergey Mixnevich va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.
Majlisda, shuningdek, O‘zbekiston va YeOII o‘rtasida savdo hajmi Ittifoq tashkil etilganidan buyon 3 baravar o‘sgani hamda bugungi kunda Respublika YeOIIning MDHdagi eng yirik savdo hamkori ekani aytib o‘tilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0