Slovakiyada o‘tayotgan turnirda o‘zbekistonlik chavandoz oltin medallarni qo‘lga kiritdi

© NOKBekzod Kurbanov
Bekzod Kurbanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2023
Obuna bo‘lish
Bekzod Qurbonov 135 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida eng yaxshi natijani qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Slovakiyada o‘tayotgan konkur bo‘yicha "Šamorín - Danube Champions Tour IV 2023" turnirida O‘zbekiston terma jamoasi sardori Bekzod Qurbonov ikkinchi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Bekzod Qurbonov 135 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida eng yaxshi natijani qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Bellashuvlar davomida unga “Santa Xipika” laqabli tulpori hamrohlik qildi.
Mazkur musobaqadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyga yo‘l oladi.
Bekzod Qurbonov musobaqaning ilk kunida 140 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida eng yaxshi natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Yangiliklar lentasi
0