Rossiya FXX Ukraina va G‘arbning “iflos bomba” portlatish bo‘yicha rejasini oshkor qildi

© AP Photo / Nariman El-MoftyFlag SShA v Kiyeve. Arxivnoe foto
Flag SShA v Kiyeve. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2023
Obuna bo‘lish
Kiyev G‘arbning tashabbusi bilan Ukrainada “iflos bomba”ni portlatmoqchi bo‘ldi, deydi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Yuriy Kokov.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Kiyev G‘arbning tashabbusi bilan Rossiyani yadroviy terrorizmda ayblash uchun Ukrainada “iflos bomba”ni portlatmoqchi bo‘ldi, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Yuriy Kokov “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida.
“Ukrainalik neonatsistlarning rejalari fosh bo‘ldi, ular o‘zlarining g‘arblik maslahatchilarining tashabbusi bilan keyinchalik Rossiyani yadroviy terrorizmda ayblash maqsadida iflos bombani portlatib, o‘z hududlarida provokatsiya qilishni maqsad qilgan”, - dedi Kokov.
Joriy yilning iyun oyi oxirida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Rossiyani obro‘sizlantirish maqsadida ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llashni sahnalashtirish uchun ishlatilishi rejalashtirilgan seziy-137 radioaktiv izotopini xorijga olib chiqishga uringan besh kishi hibsga olinganini e’lon qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0