Qashqadaryolik ayol 4 o‘g‘il egizakni dunyoga keltirdi

CC0 / pexels / Chaqaloq
Chaqaloq - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2023
Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi 29 yoshli ayol bir yo‘la 4 nafar egizakni dunyoga keltirdi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Qashqadaryolik ayol 4 egizakni dunyoga keltirdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Aytilishicha, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi 29 yoshli ayol bir yo‘la 4 nafar egizakni dunyoga keltirdi.
Respublika perinatal markazida kesarcha usulda, asoratsiz tug‘uruq amaliyoti natijasida 1484, 1804, 1554 va 1950 grammlik 4 nafar o‘g‘il chaqaloq dunyoga keldi.
“Hozirda go‘daklarning ahvoli yaxshi. Ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog-shifokor va hamshiralar nazorati ostida”, - deyiladi xabarda.
Bu shu yil Respublika perinatal markazida to‘rt nafar egizaklar tug‘ilishi bilan bog‘liq ilk holatdir. Shuningdek, yil boshidan beri mazkur muassasada o‘nta holatda uch nafar egizak tug‘ilgan.
Yangiliklar lentasi
0