Qaysi hudud ko‘proq isiydi — O‘zbekistonda 10-sentabr uchun ob-havo

© unsplash/Evgeny MatveevBuxoro ko‘chalari
Buxoro ko‘chalari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Ertaga, 10-sentabr kuni O‘zbekistonning Buxoro va Navoiy viloyatlari boshqa hududlarga qaraganda ko‘proq isiydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
© UzgidrometO‘zbekiston hududida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Prognoz pogodi po respublike Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2023
O‘zbekiston hududida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Toshkentda shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18-20, kunduzi +34-36 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12-17, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +16-21, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15-20, kunduzi +33-38 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +19-24, kunduzi +35-40 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15-20, kunduzi +32-37 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8-13, kunduzi +21-26 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0