https://oz.sputniknews.uz/20230909/er-xavfli-asteroid-2008-qy-38728461.html
Yerga xavfli asteroid yaqinlashmoqda — u qachon uchib o‘tadi?
Yerga xavfli asteroid yaqinlashmoqda — u qachon uchib o‘tadi?
Sputnik O‘zbekiston
NASA: Diametri 1,2 kilometrgacha bo‘lgan asteroid Yer tomon uchmoqda.
2023-09-09T11:27+0500
2023-09-09T11:27+0500
2023-09-09T11:27+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
quyosh, oy, kosmos
asteroid
nasa (aqsh aeronavtika va kosmikni o‘rganish milliy idorasi)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/1c/14641559_20:0:982:541_1920x0_80_0_0_5577ad0ea1890831a5e190d0186fd6a6.jpg
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Yerga xavfli asteroid yaqinlashmoqda. Bu haqda RIA Novosti NASAning Yerga yaqin obyektlarni o‘rganish markaziga tayanib xabar berdi.Qayd etilishicha, diametri 1,2 kilometrgacha bo‘lgan potensial xavfli asteroid 349507 (2008 QY) 34-yildan so‘ng yana Yerga yaqinlashmoqda.Asteroid 3-oktabr kuni soat 20:39da (O‘zbekiston vaqti bilan 4-oktabr, 01:39da) Yerga yaqinlashadi.Osmon jismi va Yer orasidagi minimal masofa 0,042 astronomik birlik yoki deyarli 6,3 million kilometrni tashkil qiladi. Yer orbitasini 7,5 million kilometrdan kamroq masofada kesib o‘tuvchi astronomik obyektlar potensial xavfli hisoblanadi.Olimlarning fikriga ko‘ra, asteroidning diametri, 520 dan 1200 metrgacha yetishi mumkin. Obyektning tezligi sekundiga 20,96 kilometrni tashkil qiladi.Astronomlar birinchi marta mazkur asteroidni 1989-yil 30-sentabrda payqashgan. Obyekt 33,5 yil davomida "g‘oyib bo‘ldi" va keyingi safar olimlar uni 2023-yil 13-fevralda kuzatishgan.Asteroid Yer-krosserlar - Yer orbitasini kesib o‘tuvchi asteroidlarga tegishli. Biroq, bu bunday obyekt sayyora bilan albatta to‘qnashadi, degani emas. Astronomik birlik - bu Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan o‘rtacha masofaga teng bo‘lgan kosmosdagi masofalarning o‘lchov birligi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/1c/14641559_140:0:861:541_1920x0_80_0_0_1ef52e9048c9878f4575e37a29f6e8d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nasa yer asteroid asteroid 349507 (2008 qy)
nasa yer asteroid asteroid 349507 (2008 qy)
Yerga xavfli asteroid yaqinlashmoqda — u qachon uchib o‘tadi?
NASA: Diametri 1,2 kilometrgacha bo‘lgan asteroid Yer tomon uchmoqda.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Yerga xavfli asteroid yaqinlashmoqda. Bu haqda
RIA Novosti NASAning Yerga yaqin obyektlarni o‘rganish markaziga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, diametri 1,2 kilometrgacha bo‘lgan potensial xavfli asteroid 349507 (2008 QY) 34-yildan so‘ng yana Yerga yaqinlashmoqda.
“U 3-oktabr kuni sayyoramizdan taxminan olti million kilometr uzoqlikda uchib o‘tadi”, - deyiladi xabarda.
Asteroid 3-oktabr kuni soat 20:39da (O‘zbekiston vaqti bilan 4-oktabr, 01:39da) Yerga yaqinlashadi.
Osmon jismi va Yer orasidagi minimal masofa 0,042 astronomik birlik yoki deyarli 6,3 million kilometrni tashkil qiladi. Yer orbitasini 7,5 million kilometrdan kamroq masofada kesib o‘tuvchi astronomik obyektlar potensial xavfli hisoblanadi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, asteroidning diametri, 520 dan 1200 metrgacha yetishi mumkin. Obyektning tezligi sekundiga 20,96 kilometrni tashkil qiladi.
Astronomlar birinchi marta mazkur asteroidni 1989-yil 30-sentabrda payqashgan. Obyekt 33,5 yil davomida "g‘oyib bo‘ldi" va keyingi safar olimlar uni 2023-yil 13-fevralda kuzatishgan.
Asteroid Yer-krosserlar - Yer orbitasini kesib o‘tuvchi asteroidlarga tegishli. Biroq, bu bunday obyekt sayyora bilan albatta to‘qnashadi, degani emas. Astronomik birlik - bu Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan o‘rtacha masofaga teng bo‘lgan kosmosdagi masofalarning o‘lchov birligi.