Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reys yo‘lga qo‘yildi — jadval

© unsplash/Sardorbek UsmonovToshkent aeroporti
Toshkent aeroporti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2023
Obuna bo‘lish
Bugun HY052 reysi tegishli jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reys yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airways".
Aytilishicha, HY052 reysi 8-sentabr kuni tegishli jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Jadval:
Urganchdan jo‘nab ketish soat 23:00 da;
Toshkentga yetib kelish keyingi kuni soat 00:30 da.
Eslatib o‘tamiz, shu yil 1-maydan Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports” bilan birgalikda mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yildi. Muntazam reyslar Farg‘ona, Namangan yoki Andijondan Buxoro, Samarqand, Termiz, Urganchga, shuningdek, Termiz – Nukus, Samarqand – Urganch, Buxoro – Urganch, Farg‘ona – Urganch kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi.
Shuningdek, Toshkentdan Nukus, Urganch, Buxoro, Qarshi va Samarqandga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilib, amaldagidan ikki baravargacha arzon tariflarni joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0