UQKning Zaporojye viloyatidagi bliskrigi muvaffaqiyatsiz yakun topdi – Rogov

© AP Photo / LIBKOSUkrainskie voyennoslujashie evakuiruyut ranenogo soldata s peredovoy. Arxivnoe foto
Ukrainskie voyennoslujashie evakuiruyut ranenogo soldata s peredovoy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2023
Obuna bo‘lish
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb harbiy texnikasi bilan qurollangan ukrainalik jangchilar qisqa vaqt ichida harbiy g‘alabaga erishishga umid qilishgan.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Zaporojye viloyatida Ukraina qo‘shinlari umid qilgan tezkor urush muvaffaqiyatsizlikka uchradi, dushman birinchi mudofaa chizig‘ini yorib o‘ta olmadi. Bu haqda “Biz Rossiya bilan birgamiz” Zaporojye jamoat harakati rahbari Vladimir Rogov RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
“G‘arb harbiy texnikasi bilan qurollangan ukrainalik jangchilar qisqa vaqt ichida harbiy g‘alabaga erishishga umid qilishgan. Ammo ularning bliskrigi “tezkor o‘lish”ga aylandi. Ukraina Qurolli kuchlari mudofaaning birinchi chizig‘iga borib taqaldi va bizning bo‘linmalar tomonidan tor-mor etilmoqda”, - dedi Rogov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shiddatli janglarga qaramay, Rossiya qo‘shinlari o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishdi. UQK uch oylik qarshi hujumda kulrang hududda va oldingi o‘rinlarda bir oz oldinga siljish imkoniga ega bo‘ldi, shu bilan birga u yerda ham hujumlar ostida qolmoqda.
Ukrainaning qarshi hujumi 4-iyun kuni boshlangan. Kiyev NATO tomonidan o‘qitilgan va G‘arb texnikasi bilan qurollangan brigadalarni, shu jumladan, keng reklama qilingan "Leopard" tanklarini jo‘natdi. Shundan so‘ng jang maydonida tutayotgan mashinalar tasvirlari G‘arbda shov-shuvga sabab bo‘ldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin dushmanning “qarshi hujumi” to‘xtab qolmagani, balki muvaffaqiyatsizlikka yuz tutganini ma’lum qildi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, UQK birorta hududda ham o‘z maqsadlariga erisha olmagan.
Rossiya Mudofaa vazirligining sentabr oyi boshidagi ma’lumotlariga ko‘ra, “qarshi hujum” boshlangandan beri UQK 66 mingdan ortiq askar va 7,6 ming qurol, shu jumladan, nemis "Leopard" tanklari, Fransiyaning AMX va Amerika "Bradley" jangovar piyoda mashinalarini yo‘qotdi. Kuni kecha Britaniyaning birinchi "Challenger 2" tanki yo‘q qilingani ma’lum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0