https://oz.sputniknews.uz/20230908/shavkat-mirziyoev-koreya-bosh-vazir-orinbosar-38680919.html
Mirziyoyev Janubiy Koreya bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
Mirziyoyev Janubiy Koreya bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
2023-09-08T08:46+0500
2023-09-08T08:46+0500
2023-09-08T11:15+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
janubiy koreya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/08/38680289_0:64:1280:785_1920x0_80_0_0_d139fe31b54ab912b690962a8fcd7059.jpg
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Chxu Gon Xo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan texnologik va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni jadallashtirish, infatuzilma, “yashil” energetika, davlat boshqaruvi, moliya, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash borasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatib o‘tildi.Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida samarali muloqotlarni yo‘lga qo‘yish va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish uchun keng imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.Keyingi yillarda o‘zaro savdo va investitsiya ko‘rsatkichlari barqaror oshib bormoqda. O‘tgan yilda tovar ayirboshlash 24 foizga ko‘paydi. Mamlakatda qariyb mingta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda, Koreyadan investitsiyalar hajmi 7 milliard dollardan oshdi.Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Koreya Eksimbanki va uning fondlari bilan ko‘p yillar davomida samarali hamkorlik qilinayotgani, ular bilan birgalikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3 milliard dollardan ziyodni tashkil etgani yuqori baholandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/08/38680289_173:49:1131:767_1920x0_80_0_0_5e4212f2a2ee83764f10b1254efdccbe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev koreya respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri chxu gon xo
shavkat mirziyoyev koreya respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri chxu gon xo
Mirziyoyev Janubiy Koreya bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
08:46 08.09.2023 (yangilandi: 11:15 08.09.2023) O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Chxu Gon Xo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan qo‘shma loyihalar qatorida ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi, to‘qimachilik texnoparki, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va nodir metallar bo‘yicha markazlar qayd etildi”, - deyiladi xabarda.
Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan texnologik va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni jadallashtirish, infatuzilma, “yashil” energetika, davlat boshqaruvi, moliya, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash borasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatib o‘tildi.
Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida samarali muloqotlarni yo‘lga qo‘yish va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish uchun keng imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.
Keyingi yillarda o‘zaro savdo va investitsiya ko‘rsatkichlari barqaror oshib bormoqda. O‘tgan yilda tovar ayirboshlash 24 foizga ko‘paydi. Mamlakatda qariyb mingta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda, Koreyadan investitsiyalar hajmi 7 milliard dollardan oshdi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Koreya Eksimbanki va uning fondlari bilan ko‘p yillar davomida samarali hamkorlik qilinayotgani, ular bilan birgalikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3 milliard dollardan ziyodni tashkil etgani yuqori baholandi.