https://oz.sputniknews.uz/20230908/shamol-borivoy-toshxon-ozbeklar-nega-farzandlariga-noodatiy-ism-qoygan-38633728.html
Bo‘ron, Bo‘rixol, O‘g‘ilcha: o‘zbeklar nega farzandlariga noodatiy ism qo‘ygan
Bo‘ron, Bo‘rixol, O‘g‘ilcha: o‘zbeklar nega farzandlariga noodatiy ism qo‘ygan
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek xalqi ming yillar davomida bolaga ism qo‘yishda muayan urf-odatlarga amal qilib kelgan. Taraqqiyot va urbanizatsiya oqibatida an’analar unutilib borayotganiga qaramasdan, ism qo‘yishga motiv bo‘lgan ba’zi odatlar o‘zbek mentalitetiga chuqur singib ketgan. Tilimizdagi Ulbo‘lsin, Uldona, Uljon, O‘g‘iloy, O‘g‘ilcha, Qizlarxon kabi ismlarda ota-onaning o‘g‘il tilash istagi yaqqol yuzaga chiqadi. Ya
2023-09-08T17:04+0500
2023-09-08T17:04+0500
2023-09-08T17:04+0500
o‘zbekning o‘z so‘zlari
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbek tili
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1e/35502167_0:1052:2048:2204_1920x0_80_0_0_1634df1f4cafc8d8494df4fa87ce84bb.jpg
O‘zbek xalqi ming yillar davomida bolaga ism qo‘yishda muayan urf-odatlarga amal qilib kelgan. Taraqqiyot va urbanizatsiya oqibatida an’analar unutilib borayotganiga qaramasdan, ism qo‘yishga motiv bo‘lgan ba’zi odatlar o‘zbek mentalitetiga chuqur singib ketgan. Xalqimizda “O‘nta bo‘lsa o‘rni boshqa, qirqta bo‘lsa – qilig‘i” maqoli bor. Bu maqoldan “o‘g‘ilmi-qizmi, bori yaxshi” degan mazmun anglashiladi. Azaldan qiz farzandga alohida mehr ko‘rsatiladi va shu bois “Qizli uy – bo‘ston, Qizsiz uy – zimiston” tarzidagi maqollar yaratilgan. O‘g‘ilga esa nasl davomchisi sifatida qaraladi va shuning uchun bo‘lsa kerak, “Qiyshiq bo‘lsa ham, yo‘l yaxshi, Yomon bo‘lsa ham – o‘g‘il” singari maqollar ijod qilingan. Tilimizdagi Ulbo‘lsin, Uldona, Uljon, O‘g‘iloy, O‘g‘ilcha, Qizlarxon kabi ismlarda ota-onaning o‘g‘il tilash istagi yaqqol yuzaga chiqadi. Ya’ni oilada ketma-ket qiz tug‘ilaversa, “bu qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin” degan niyatda bu ismlar qo‘yiladi. Erkin Vohidovning quyidagi she’rida qiz bolaga O‘g‘iloy va shunga o‘xshash ismlar nega qo‘yilishi ma’lum bo‘ladi:O‘g‘il bo‘lsa – yurt ko‘ksi baland,O‘g‘il tutar ketmon-u o‘q-yoy...O‘g‘il bola orzusi bilanQizlar nomi bo‘ldi O‘g‘iloy.(“Otdoshlarimga” she’ridan)Shuningdek, oilada ketma-ket qiz tug‘ilsa, “qizlar yetarli bo‘ldi, kifoya qiladi, endigilari o‘g‘il bo‘lsin” degan niyatda Kifoya, Kifoyat deb ism berilgan va hozir ham bu odat mavjud. O‘zbekning bunday tutumi, otaning bitta bo‘lsa ham o‘g‘illik bo‘lish ilinjini Erkin Vohidov bir millatdosh, bir ota o‘laroq quyidagicha tushuntirgan:Chaqaloqni yo‘rgakka tugib,“Yana holva”, deganda doya,Ota, endi o‘g‘il kerak, debQiziga nom qo‘ydi: Kifoya. (“Otdoshlarimga” she’ridan)Xalq hayotida totemistik qarashlar o‘z izini qoldirgan. Bugun qisman bor, qisman unutilgan aksar urflarmizning yuzaga kelishiga muayan totemlar ta’sir qilgan. Asli totem atamasi “Shimoliy Amerika indeyslarining ojibve qabilasi tilidagi “ototem” so‘zidan olingan bo‘lib, “uning urug‘i” ma’nosini bildiradi. Totem hayvonlar ov qilinmagan, o‘ldirilmagan, go‘shti yeyilmagan, ular go‘yo kishilarning kudratli ximoyachisi hisoblangan. Qabila, urug‘ har bir a’zosining hayoti va farovonligi totemga bog‘liq deb qaralgan. Ular o‘z totemini karindoshi, akasi, otasi, do‘sti deb hisoblagan. Har bir kabila, urug‘ o‘z totemining nomi bilan atalgan”. (“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”dan) Shu jihatdan tarixiy asarlarda lochin nomli turkiy qabilaning oti ham lochin qushidan olinganligi haqidagi qaydni ma’qullash mumkin. Yoki qadimdan hindlarda sigir, slavanlarda ayiq totem darajasiga ko‘tarilgan. Turkiy xalqlarda ot, bo‘ri totem hisoblangan.Mana shunday qarashlarning izlari ayrim o‘zbek ismlarida ham kuzatiladi. Ernst Begmatovning “O‘zbek ismlari izohi”dagi ma’lumotga ko‘ra, chaqaloq tug‘ilishi bilan uni sog‘lom bo‘lsin deb bo‘rining terisi yoki jag‘i ustidan o‘tkazib olingan va Bo‘riboy, Bo‘ritosh, Bo‘rixol, Bo‘riniso kabi ismlar qo‘yilgan. Totemistik qarashlar ta’sirida tishi bilan tug‘ilgan bolalarga ham shu ismlar qo‘yib kelingan.O‘zbek xalqida biron-bir tabiat hodisa ro‘y berayotgan vaqtda tug‘ilgan bolalarga ham alohida ism qo‘yish tutumi bo‘lgan. Masalan, agar bola shamol yoki bo‘ron bo‘layotganda tug‘ilsa, unga Shamolboy, Bo‘ron, Bo‘ronali, Bo‘ronberdi, Bo‘ronchi, Bo‘rongul ismlari qo‘yilgan. Dovul bo‘layotganda tug‘ilgan bola Dovulboy ismi berilgan.Ma’lumki, quyosh charaqlab turgan paytda yomg‘ir yog‘sa, “bo‘ri bolalayapti” deb tushunilgan. Ota-bobolarimizning esa shunday ob-havoli kunda tug‘ilgan bolaga Bo‘riboy, Bo‘rixon kabi ismlarni berish odati bo‘lgan. Said Ahmad o‘zining “Qorako‘z Majnun” hikoyasida xalqimizning ana shu odatini esga olgan:Yozuvchilar juda sezgir xalq bo‘ladilar. Ular xalqning turmushini va bu turmushning tildagi ifodalarini favqulodda ziyraklik bilan ilg‘ab oladilar. Shu ma’noda Said Ahmad domla har bir hududning ism qo‘yish madaniyatini yaxshi o‘rgangan, bilganlarini asarlari qatiga qistirib ketgan. Masalan, quyidagi badiiy parchani o‘qib, toshkentlik va buxoroliklarning ism qo‘yish odatlarini bilib olamiz, Sangcha, Oyti, Toshxon, Oyto‘ta singari ismlarning qo‘yilish motivlaridan xabardor bo‘lamiz:– Bu yerda ayollarning ismi qiziq ekan, – dedi Jalol polvon hayron bo‘lib. – Sangcha, Oyti... bu nima degani?Qo‘ltiqtayoqda sudralib kelayotgan bemor tushuntira boshladi:– Sizning Toshkentingizga Toshxon, Toshbibi degan ayollar bormi? Bale, bizning Buxor tiliga Sangcha degani – Toshkent tiliga Toshcha degani. Onalari “boshing toshdan bo‘lsin, do‘xtarim” deb shunaqa ism qo‘yadilar. Oyti degani asli Oyto‘ta degani. Bu Oyxola degan ma’no beradi, o‘rislarning “tota” degan so‘zi ham shundan olingan bo‘lishi kerak. Sizlar erkaklarni “mulla aka” deysizlar, biz “akamullo” deymiz, “opamullo” deymiz. (“Azroil o‘tgan yo‘llarda” asaridan)Bugungi zamonaviy tibbiyot ancha-muncha kasalliklarning kelib chiqish sababini aniqlab, asoratsiz davolashning uddasidan chiqmoqda. Ilg‘or davlatlarning ilg‘or shifokorlari nasliy kasalliklarning ham shifosini topmoqda. Inson o‘zining ilmi, tadbiri bilan hayotini gullatmoqda. Bundan bir-ikki asr oldin esa chechak, qizamiq kabi kasalliklarga shifo topmay baxshiyu azayimxonlarga ham yugurgani bor gap. Xalq hayotini ich-ichidan bilgan, o‘zi ham shu achchiq hayotning qozonida qaynagan adibimiz Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasidagi xotini dardiga darmon istab yugurgan qahramon timsolida kasallik qarshisida chorasiz qolgan, “osmon uzoq, yer qattiq”lik qilgan Sotiboldilar namoyon bo‘ladi.Ayrim oilalarda tug‘ilgan go‘daklar yashab ketmay, vafot etavergan. Bolalarning o‘limi siklik ko‘rinish olgan. Bundan kuygan ota-onalar yoshi kattalarning maslahati bilan yoki o‘sha davr odatiga ko‘ra navbatdagi bolasiga O‘rinboy, O‘rintoy, O‘rinoy, O‘rinbu, O‘rinbibi ismlaridan birini qo‘ygan. “Bu bola vafot etib ketganlarining o‘rniga berildi” degan niyatda mazkur ismlar qo‘yilgan. Ana shunday tutumlar keyinchalik zikr etilgan ismlarning qo‘yilish motiviga aylangan.Bugun birgina emlash bilan daf bo‘ladigan kasalliklar tufayli farzandlarini tuproqqa qo‘yavergan oilalar ism orqali bolasi jonini saqlab qolishga intilgan, bunday hollarda ismlar yagona najot bo‘lib ko‘ringan. O‘rinboy, O‘rintoy, O‘rinoy, O‘rinbu, O‘rinbibikabi ismlar shunday ilinj mahsuli sifatida yuzaga kelgan. Mazkur ismlar ichidan O‘rinboy va O‘rinoy ismlari bugun ham ko‘p, biroqO‘rintoy, O‘rinbu, O‘rinbibi ismini qo‘yish juda siyrak uchraydi.Bolalar o‘limi siklik ko‘rinish olgan hollarda Tursun, Turdivoy, Turdiali, To‘xtasin, To‘xtavoy, Tursunoy, To‘xtaxon, Umrinisa kabi ismlar ham qo‘yilgan. Diqqat qilinsa, ushbu ismlarning zamirida “bu dunyoda tursin, yashab ketsin, vafot etishi to‘xtasin” degan mazmun bor. Go‘daklar o‘limining sabablari aniq bo‘lmagan davrlarda boshga kelgan har neni Ollohdan deb bilgan mo‘minlar bunday ismlarni qo‘yish bilan Yaratgandan bolasining yashab ketishini o‘tingan, shunga umid qilgan. Xalq hayotini yaxshi bilan Tog‘ay Murod “Momo Yer qo‘shig‘i” asarida, haqiqatan, mazkur ismlarning motivlari xalq turmush tarziga chuqur singib ketganligini ko‘rsatib o‘tgan:Serjant Orziqulov ikki yilda farzand ko‘rdi. Bunisi-da qiz bo‘ldi. Qiz bo‘lsa-da umri bilan bo‘lsin edi, bunisi-da ketdi. To‘rtinchisi o‘g‘il bo‘ldi. Xumor momo nevarasi uchun ism o‘yladi. Aqllarga maslahat soldi. Oq-qorani taniganlarga kitob ko‘rdirdi. Olis o‘yladilar. O‘ylamay bo‘ladimi, ketma-ket uchta farzand ketdi! Oxir-oqibat, “hayot sohibi bo‘lsin”, “hayotda tursin” deya Tursun deb ism qo‘ydilar. Ota-ona orzusi bajo bo‘ldi. Tursun hayotda turdi.Erkin Vohidovning “Otdoshlarimga” she’ridan olingan quyidagi parchada esa To‘xtasin ismining qo‘yilish motivi badiiy aks topgan:Ona farzand ko‘rib to‘rtovlon,Qaro yerga bersa to‘rttasin.Tug‘ilganda beshinchi o‘g‘lonUmid bilan degan “To‘xtasin”.Demak, ism qo‘yish xalq turmushi, shu turmushda amal qilib kelayotgan odatlar, ko‘p yillik etnik tutumlar bilan bog‘liq jarayon va bu jarayonda ishtirokchilar o‘ziga katta mas’uliyat olayotganligini sezganlar. Shu vajdan eng maqbul ismni tanlashga harakat qilganlar, xullas, har tomonini o‘ylab ish ko‘rganlar. Biroq hozirga kelib ko‘plab qadimiy o‘zbek ismlarining ma’nosi bugungi zamon kishilariga tushunarsiz va ko‘pda g‘alat ism sifatida erish tuyuladigan bo‘lib qolgan. Bu odamlarning dunyoqarashi, estetik zavqi o‘zgargani, qolaversa, shunday ismlarning qo‘yilish motivlari unutilgani bilan bog‘liq. Ismlarning motivlari esa xalq turmushidan begona bo‘lmaydi.O‘tgan galgi maqolamizda o‘zbek ismlari borasida so‘z yuritilgan edi.“O‘zbekning o‘z so‘zlari” ruknimiz orqali har haftada o‘zbek tiliga oid juda qiziq ma’lumotlarni bilib olasiz va so‘z boyligingizni oshirasiz.Avvalgi materiallar:Shashlik yo kabob: qaysi biri o‘zbekchaligini bilasizmi?Almisoqdan qolgan, go‘riga o‘t qalamoq: iboralar tarixini bilasizmi?Eng ko‘p xato yoziladigan so‘zlar — ro‘yxatBu qiziq: o‘zbek milliy bolalar o‘yinlarini bilasizmi?“Xumpar, xo‘tik, qulun”: uy hayvonlari o‘zbekcha qanday to‘g‘ri ataladi.Yovvoyi hayvonlar o‘zbekcha qanday atalishini bilasizmi?Parrandalar o‘zbekcha qanday to‘g‘ri ataladiQo‘l uchida, bir pul: o‘zbekcha iboralarga oid qiziqarli test, Bilimingizni sinab ko‘ringAkshanba kuni test o‘tkazamiz, bilimingizni sinab ko‘rishingiz mumkin! Telegram-kanalimizga obuna bo‘lib, kuzatib boring.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Yorqinjon Odilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/04/34607116_91:0:561:470_100x100_80_0_0_a0b8fac45f45356729de0d50f3a274a7.jpg
Yorqinjon Odilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/04/34607116_91:0:561:470_100x100_80_0_0_a0b8fac45f45356729de0d50f3a274a7.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1e/35502167_0:860:2048:2396_1920x0_80_0_0_f9788c8fc7f256dfebd742ad50badb4b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yorqinjon Odilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/04/34607116_91:0:561:470_100x100_80_0_0_a0b8fac45f45356729de0d50f3a274a7.jpg
o‘zbek ismlari urf-odat o‘zbek tili
o‘zbek ismlari urf-odat o‘zbek tili
O‘zbek xalqi ming yillar davomida bolaga ism qo‘yishda muayan urf-odatlarga amal qilib kelgan. Taraqqiyot va urbanizatsiya oqibatida an’analar unutilib borayotganiga qaramasdan, ism qo‘yishga motiv bo‘lgan ba’zi odatlar o‘zbek mentalitetiga chuqur singib ketgan.
Xalqimizda “O‘nta bo‘lsa o‘rni boshqa, qirqta bo‘lsa – qilig‘i” maqoli bor. Bu maqoldan “o‘g‘ilmi-qizmi, bori yaxshi” degan mazmun anglashiladi. Azaldan qiz farzandga alohida mehr ko‘rsatiladi va shu bois “Qizli uy – bo‘ston, Qizsiz uy – zimiston” tarzidagi maqollar yaratilgan.
O‘g‘ilga esa nasl davomchisi sifatida qaraladi va shuning uchun bo‘lsa kerak, “Qiyshiq bo‘lsa ham, yo‘l yaxshi, Yomon bo‘lsa ham – o‘g‘il” singari maqollar ijod qilingan. Tilimizdagi Ulbo‘lsin, Uldona, Uljon, O‘g‘iloy, O‘g‘ilcha, Qizlarxon kabi ismlarda ota-onaning o‘g‘il tilash istagi yaqqol yuzaga chiqadi. Ya’ni oilada ketma-ket qiz tug‘ilaversa, “bu qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin” degan niyatda bu ismlar qo‘yiladi. Erkin Vohidovning quyidagi she’rida qiz bolaga O‘g‘iloy va shunga o‘xshash ismlar nega qo‘yilishi ma’lum bo‘ladi:
O‘g‘il bo‘lsa – yurt ko‘ksi baland,
O‘g‘il tutar ketmon-u o‘q-yoy...
Qizlar nomi bo‘ldi O‘g‘iloy.(“Otdoshlarimga” she’ridan)
Shuningdek, oilada ketma-ket qiz tug‘ilsa, “qizlar yetarli bo‘ldi, kifoya qiladi, endigilari o‘g‘il bo‘lsin” degan niyatda Kifoya, Kifoyat deb ism berilgan va hozir ham bu odat mavjud. O‘zbekning bunday tutumi, otaning bitta bo‘lsa ham o‘g‘illik bo‘lish ilinjini Erkin Vohidov bir millatdosh, bir ota o‘laroq quyidagicha tushuntirgan:
Chaqaloqni yo‘rgakka tugib,
“Yana holva”, deganda doya,
Ota, endi o‘g‘il kerak, deb
Qiziga nom qo‘ydi: Kifoya. (“Otdoshlarimga” she’ridan)
Xalq hayotida totemistik qarashlar o‘z izini qoldirgan. Bugun qisman bor, qisman unutilgan aksar urflarmizning yuzaga kelishiga muayan totemlar ta’sir qilgan. Asli
totem atamasi “Shimoliy Amerika indeyslarining ojibve qabilasi tilidagi “ototem” so‘zidan olingan bo‘lib, “uning urug‘i” ma’nosini bildiradi. Totem
hayvonlar ov qilinmagan, o‘ldirilmagan, go‘shti yeyilmagan, ular go‘yo kishilarning kudratli ximoyachisi hisoblangan. Qabila,
urug‘ har bir a’zosining hayoti va farovonligi totemga bog‘liq deb qaralgan. Ular o‘z totemini karindoshi, akasi, otasi, do‘sti deb hisoblagan. Har bir kabila, urug‘ o‘z totemining nomi bilan atalgan”. (“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”dan) Shu jihatdan tarixiy asarlarda
lochin nomli turkiy qabilaning oti ham lochin qushidan olinganligi haqidagi qaydni ma’qullash mumkin. Yoki qadimdan hindlarda sigir, slavanlarda ayiq totem darajasiga ko‘tarilgan. Turkiy xalqlarda ot, bo‘ri totem hisoblangan.
Mana shunday qarashlarning izlari ayrim o‘zbek ismlarida ham kuzatiladi. Ernst Begmatovning “O‘zbek ismlari izohi”dagi ma’lumotga ko‘ra, chaqaloq tug‘ilishi bilan uni sog‘lom bo‘lsin deb bo‘rining terisi yoki jag‘i ustidan o‘tkazib olingan va Bo‘riboy, Bo‘ritosh, Bo‘rixol, Bo‘riniso kabi ismlar qo‘yilgan. Totemistik qarashlar ta’sirida tishi bilan tug‘ilgan bolalarga ham shu ismlar qo‘yib kelingan.
O‘zbek xalqida biron-bir tabiat hodisa ro‘y berayotgan vaqtda tug‘ilgan bolalarga ham alohida ism qo‘yish tutumi bo‘lgan. Masalan, agar bola shamol yoki bo‘ron bo‘layotganda tug‘ilsa, unga Shamolboy, Bo‘ron, Bo‘ronali, Bo‘ronberdi, Bo‘ronchi, Bo‘rongul ismlari qo‘yilgan. Dovul bo‘layotganda tug‘ilgan bola Dovulboy ismi berilgan.
Ma’lumki, quyosh charaqlab turgan paytda yomg‘ir yog‘sa, “bo‘ri bolalayapti” deb tushunilgan. Ota-bobolarimizning esa shunday ob-havoli kunda tug‘ilgan bolaga Bo‘riboy, Bo‘rixon kabi ismlarni berish odati bo‘lgan. Said Ahmad o‘zining “Qorako‘z Majnun” hikoyasida xalqimizning ana shu odatini esga olgan:
Saodat aya shu bolasiga to‘lg‘oq tutayotganda oftob charaqlab turardi-yu, yomg‘ir sharros quyayotgan edi. Derazadan hovliga qarab turgan doya xotin: “Bo‘ri bolalayapti”, degandi. Shuning uchun ham o‘g‘liga u Bo‘rixon deb ism qo‘ygandi. Oradan ellik bir yil o‘tib, bu bolani men emas, bo‘ri tuqqan ekan, degan xayolga bordi.
Yozuvchilar juda sezgir xalq bo‘ladilar. Ular xalqning turmushini va bu turmushning tildagi ifodalarini favqulodda ziyraklik bilan ilg‘ab oladilar. Shu ma’noda Said Ahmad domla har bir hududning ism qo‘yish madaniyatini yaxshi o‘rgangan, bilganlarini asarlari qatiga qistirib ketgan. Masalan, quyidagi badiiy parchani o‘qib, toshkentlik va buxoroliklarning ism qo‘yish odatlarini bilib olamiz, Sangcha, Oyti, Toshxon, Oyto‘ta singari ismlarning qo‘yilish motivlaridan xabardor bo‘lamiz:
– Bu yerda ayollarning ismi qiziq ekan, – dedi Jalol polvon hayron bo‘lib. – Sangcha, Oyti... bu nima degani?
Qo‘ltiqtayoqda sudralib kelayotgan bemor tushuntira boshladi:
– Sizning Toshkentingizga Toshxon, Toshbibi degan ayollar bormi? Bale, bizning Buxor tiliga Sangcha degani – Toshkent tiliga Toshcha degani. Onalari “boshing toshdan bo‘lsin, do‘xtarim” deb shunaqa ism qo‘yadilar. Oyti degani asli Oyto‘ta degani. Bu Oyxola degan ma’no beradi, o‘rislarning “tota” degan so‘zi ham shundan olingan bo‘lishi kerak. Sizlar erkaklarni “mulla aka” deysizlar, biz “akamullo” deymiz, “opamullo” deymiz. (“Azroil o‘tgan yo‘llarda” asaridan)
Bugungi zamonaviy tibbiyot ancha-muncha kasalliklarning kelib chiqish sababini aniqlab, asoratsiz davolashning uddasidan chiqmoqda. Ilg‘or davlatlarning ilg‘or shifokorlari nasliy kasalliklarning ham shifosini topmoqda. Inson o‘zining ilmi, tadbiri bilan hayotini gullatmoqda. Bundan bir-ikki asr oldin esa chechak, qizamiq kabi kasalliklarga shifo topmay baxshiyu azayimxonlarga ham yugurgani bor gap. Xalq hayotini ich-ichidan bilgan, o‘zi ham shu achchiq hayotning qozonida qaynagan adibimiz Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasidagi xotini dardiga darmon istab yugurgan qahramon timsolida kasallik qarshisida chorasiz qolgan, “osmon uzoq, yer qattiq”lik qilgan Sotiboldilar namoyon bo‘ladi.
Ayrim oilalarda tug‘ilgan go‘daklar yashab ketmay, vafot etavergan. Bolalarning o‘limi siklik ko‘rinish olgan. Bundan kuygan ota-onalar yoshi kattalarning maslahati bilan yoki o‘sha davr odatiga ko‘ra navbatdagi bolasiga O‘rinboy, O‘rintoy, O‘rinoy, O‘rinbu, O‘rinbibi ismlaridan birini qo‘ygan. “Bu bola vafot etib ketganlarining o‘rniga berildi” degan niyatda mazkur ismlar qo‘yilgan. Ana shunday tutumlar keyinchalik zikr etilgan ismlarning qo‘yilish motiviga aylangan.
Bugun birgina emlash bilan daf bo‘ladigan kasalliklar tufayli farzandlarini tuproqqa qo‘yavergan oilalar ism orqali bolasi jonini saqlab qolishga intilgan, bunday hollarda ismlar yagona najot bo‘lib ko‘ringan. O‘rinboy, O‘rintoy, O‘rinoy, O‘rinbu, O‘rinbibikabi ismlar shunday ilinj mahsuli sifatida yuzaga kelgan. Mazkur ismlar ichidan O‘rinboy va O‘rinoy ismlari bugun ham ko‘p, biroqO‘rintoy, O‘rinbu, O‘rinbibi ismini qo‘yish juda siyrak uchraydi.
Bolalar o‘limi siklik ko‘rinish olgan hollarda Tursun, Turdivoy, Turdiali, To‘xtasin, To‘xtavoy, Tursunoy, To‘xtaxon, Umrinisa kabi ismlar ham qo‘yilgan. Diqqat qilinsa, ushbu ismlarning zamirida “bu dunyoda tursin, yashab ketsin, vafot etishi to‘xtasin” degan mazmun bor. Go‘daklar o‘limining sabablari aniq bo‘lmagan davrlarda boshga kelgan har neni Ollohdan deb bilgan mo‘minlar bunday ismlarni qo‘yish bilan Yaratgandan bolasining yashab ketishini o‘tingan, shunga umid qilgan. Xalq hayotini yaxshi bilan Tog‘ay Murod “Momo Yer qo‘shig‘i” asarida, haqiqatan, mazkur ismlarning motivlari xalq turmush tarziga chuqur singib ketganligini ko‘rsatib o‘tgan:
Serjant Orziqulov ikki yilda farzand ko‘rdi. Bunisi-da qiz bo‘ldi. Qiz bo‘lsa-da umri bilan bo‘lsin edi, bunisi-da ketdi. To‘rtinchisi o‘g‘il bo‘ldi. Xumor momo nevarasi uchun ism o‘yladi. Aqllarga maslahat soldi. Oq-qorani taniganlarga kitob ko‘rdirdi. Olis o‘yladilar. O‘ylamay bo‘ladimi, ketma-ket uchta farzand ketdi! Oxir-oqibat, “hayot sohibi bo‘lsin”, “hayotda tursin” deya Tursun deb ism qo‘ydilar. Ota-ona orzusi bajo bo‘ldi. Tursun hayotda turdi.
Erkin Vohidovning “Otdoshlarimga” she’ridan olingan quyidagi parchada esa To‘xtasin ismining qo‘yilish motivi badiiy aks topgan:
Ona farzand ko‘rib to‘rtovlon,
Qaro yerga bersa to‘rttasin.
Tug‘ilganda beshinchi o‘g‘lon
Umid bilan degan “To‘xtasin”.
Demak, ism qo‘yish xalq turmushi, shu turmushda amal qilib kelayotgan odatlar, ko‘p yillik etnik tutumlar bilan bog‘liq jarayon va bu jarayonda ishtirokchilar o‘ziga katta mas’uliyat olayotganligini sezganlar. Shu vajdan eng maqbul ismni tanlashga harakat qilganlar, xullas, har tomonini o‘ylab ish ko‘rganlar. Biroq hozirga kelib ko‘plab qadimiy o‘zbek ismlarining ma’nosi bugungi zamon kishilariga tushunarsiz va ko‘pda g‘alat ism sifatida erish tuyuladigan bo‘lib qolgan. Bu odamlarning dunyoqarashi, estetik zavqi o‘zgargani, qolaversa, shunday ismlarning qo‘yilish motivlari unutilgani bilan bog‘liq. Ismlarning motivlari esa xalq turmushidan begona bo‘lmaydi.
O‘tgan galgi maqolamizda o‘zbek ismlari borasida
so‘z yuritilgan edi.“O‘zbekning o‘z so‘zlari” ruknimiz orqali har haftada o‘zbek tiliga oid juda qiziq ma’lumotlarni bilib olasiz va so‘z boyligingizni oshirasiz.