https://oz.sputniknews.uz/20230908/rossiya-harbiylari-yana-challenger-tankini-yoq-qildi-38710261.html
Rossiya harbiylari yana "Challenger" tankini yo‘q qildi
Rossiya harbiylari yana "Challenger" tankini yo‘q qildi
Sputnik O‘zbekiston
Baliskiy aytishiga ko‘ra, Britaniya tanklari zirh quvvati jihatidan "o‘zini umuman yaxshi ko‘rsata olmagan".
2023-09-08T16:25+0500
2023-09-08T16:25+0500
2023-09-08T16:28+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
britaniya
tank
zaporojye viloyati
jangovar harakatlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/11/31541393_0:54:2000:1179_1920x0_80_0_0_62dc002983f847e3b76fa94d93a59b5c.jpg
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Rossiya harbiylari Zaporojye viloyatida Britaniyaning "Challenger 2" tankini yo‘q qildi, dedi viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Baliskiy “Rossiya 24” telekanali efirida.Baliskiyning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari shikastlangan tanklarni, og‘irligi katta bo‘lgani uchun, jang maydonidan evakuatsiya qila olmaydi. Endi ular muzey eksponatiga aylanadi, deydi amaldor. Baliskiy aytishiga ko‘ra, Britaniya tanklari zirh quvvati jihatidan "o‘zini umuman yaxshi ko‘rsata olmagan".Eslatib o‘tamiz, hafta boshida maxsus operatsiya hududida birinchi "Challenger 2" tankining yo‘q qilinishi Britaniya uchun noxush yangilik bo‘lgan edi. "The Guardian" gazetasi yozishiga ko‘ra, ushbu tank harbiy xizmatga qabul qilingan 1994-yildan buyon bu jang maydonida yo‘q qilingan birinchi "Challenger" bo‘lgan. Qirollik Mudofaa vaziri Grant Shapps birinchi Chellejer yo‘q qilinganini tasdiqlab, uning o‘rniga yangi tank yuborilmasligini ham aytgan edi. Umumiy hisobda Britaniya Ukrainaga 14 ta "Challenger" 2 tankini yetkazib bergan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20230906/britaniya-ukraina-challenger-2-tanki-38625121.html
zaporojye viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/11/31541393_178:0:1822:1233_1920x0_80_0_0_20470cc0e1be43558d36b544523a2652.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
britaniya tanklari zirh zaproje
britaniya tanklari zirh zaproje
Rossiya harbiylari yana "Challenger" tankini yo‘q qildi
16:25 08.09.2023 (yangilandi: 16:28 08.09.2023) Baliskiy aytishiga ko‘ra, Britaniya tanklari zirh quvvati jihatidan "o‘zini umuman yaxshi ko‘rsata olmagan".
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Rossiya harbiylari Zaporojye viloyatida Britaniyaning "Challenger 2" tankini yo‘q qildi, dedi viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Baliskiy “Rossiya 24” telekanali efirida.
"Bu hududda UQK ixtiyorida yettita "Challenger 2" tanki bor. Biz ularni havodan ko‘rdik. Hozir to‘rttasi Stepnogorsk yaqinida, ikkitasi Orexovda turibdi. Ikkitasi oldinga chiqdi va biz ularga qarshi tankka qarshi raketa bilan "ishladik". "Kornet" (tankka qarshi boshqariluvchi raketa)ning birinchi zarbidanoq "Challenger" yonib ketdi. Biz jami 2 ta tankni yo‘q qildik. Ular joyida qoldi", - deydi viloyat rahbari.
Baliskiyning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari shikastlangan tanklarni, og‘irligi katta bo‘lgani uchun, jang maydonidan evakuatsiya qila olmaydi. Endi ular muzey eksponatiga aylanadi, deydi amaldor.
Baliskiy aytishiga ko‘ra, Britaniya tanklari zirh quvvati jihatidan "o‘zini umuman yaxshi ko‘rsata olmagan".
Eslatib o‘tamiz, hafta boshida maxsus operatsiya hududida birinchi "Challenger 2" tankining yo‘q qilinishi Britaniya uchun noxush yangilik bo‘lgan edi. "The Guardian" gazetasi yozishiga ko‘ra, ushbu tank harbiy xizmatga qabul qilingan 1994-yildan buyon bu jang maydonida yo‘q qilingan birinchi "Challenger" bo‘lgan. Qirollik Mudofaa vaziri Grant Shapps birinchi Chellejer yo‘q qilinganini tasdiqlab, uning o‘rniga yangi tank yuborilmasligini ham aytgan edi. Umumiy hisobda Britaniya Ukrainaga 14 ta "Challenger" 2 tankini yetkazib bergan edi.