Prezident raisligida sanoatni rivojlantirish choralari muhokama qilindi
21:26 08.09.2023 (yangilandi: 21:35 08.09.2023)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident ishtirokida sanoatni rivojlantirish choralari muhokama qilindi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Hududlarda sanoatni rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha quvvatlarni aniqlash, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va korxonalar energiya ta’minotini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda quyidagi choralar muhokama qilindi:
Qo‘shimcha quvvatlarni aniqlash. Maxsus ishchi guruhlar yordamida tumanldarda sanoat sohasidagi imkoniyat va qo‘shimcha quvvatalarni o‘rganish va aniqlash. Maslan, Toshloq tumanida 23ta korxona quvvatlarini tiklash imkoniyati aniqlangan.
Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish yordamida, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish. Masalan, OKMK mahalliy korxonalari bilan hamkorlikda polimer, quyma ehtiyot qismlar, kimoviy reagent kabi mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Ana shunday imkoniyatlar Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Xorazmda ham bor.
Energiya ta’minotini yaxshilash. Bosh vazir rahbarligidagi komissiyaga qo‘shimcha ishlab chiqarishni hisobga olgan holda, hududlarning oyma-oy energiya balansini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Sanoat korxonalarini oldindan xabardor qilmasdan turib, elektr ta’minotidan uzish mumkin emasligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.
Undan tashqari Sanoat jamg‘armasidan samarali foydalanish, zarar ko‘rib ishlayotgan sanoat korxonalarini sog‘lomlashtirish, eksportchilarga transport jihatidan ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident ishtirokida sanoatni rivojlantirish choralari muhokama qilindi
Prezident ishtirokida sanoatni rivojlantirish choralari muhokama qilindi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Majlisda qayd etilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yilning yetti oyida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5,7 foizga o‘sgan. Bu ko‘rsatkich elektr texnikasi sanoatida 46%, yengil avtomobillarda 16%, qurilish materiallari tarmog‘ida 12%, tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishda 11% tashkil qilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident ishtirokida sanoatni rivojlantirish choralari muhokama qilindi
Prezident ishtirokida sanoatni rivojlantirish choralari muhokama qilindi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sanoat rivojlanishi 10%dan oshgan tumanlar soni 25tani tashkil qildi. Ular orasida Bandixon +45 %, Kitob +19 %, Qiziriqda +18 %, Kegeyli +14% va boshqalar bor.