Olimlar okean tubidan sirli tuxum topishdi

© Foto : NOAA Ocean ExplorationNaydenniy u poberejya Alyaski shar.
Naydenniy u poberejya Alyaski shar. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2023
Obuna bo‘lish
Alyaska qirg‘og‘ida, ehtimol, noma’lum jonzotning tuxumi topildi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. AQShning Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) olimlari Alyaska qirg‘oqlarida noma’lum mavjudotning tuxumi bo‘lishi mumkin bo‘lgan sharni topishdi. Bu haqda RIA Novosti "Guardian" gazetasiga tayanib xabar berdi.

“Markazidagi qiziqarli teshikka ega silliq obyekt masofadan boshqariladigan tadqiqot suv osti kemasi tomonidan taxminan ikki mil (3,2 kilometr. - tahr.) chuqurlikda topildi”, - deyiladi xabarda.

Olimlarning fikricha, topilgan buyum terini eslatuvchi tillarang va yupqa sirtga ega. Ularning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, teshikning mavjudligi yirtqichning kirib borishi yoki kimdir allaqachon tuxumdan chiqqanligini ko‘rsatishi mumkin.
"Umid qilamanki, biz u yerga kirsak, biror narsa chiqmaydi <...> Bu xuddi qo‘rqinchli filmning boshlanishiga o‘xshaydi”, - deydi olimlardan biri.
Nashrning yozishicha, tadqiqotchilar obyektning kelib chiqishini aniqlash uchun testlar va DNK tahlillarini o‘tkazmoqda.
Yangiliklar lentasi
0