Neft va gazsiz. Rossiya pul ishlashning yangi yo‘lini topdi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishUralskiy elektroximicheskiy kombinat.
Uralskiy elektroximicheskiy kombinat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya so‘nggi yil davomida tabiiy va boyitilgan uran eksportini keskin oshirdi. Braziliya va Hindiston Rossiyadan uran sotib olishni boshladi.
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Neft va gaz eksporti cheklangan bo‘lsa ham, Rossiya pul ishlashning boshqa yo‘lini topdi. O‘tgan yilda Rossiya boyitilgan uran eksportini keskin oshirdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Braziliya 24-yil ichida birinchi marta Rossiyadan 72 million dollarga boyitilgan va xom ashyo ko‘rinishda uran sotib oldi. "Rosatom" ushbu mamlakatdagi yagona atom elektr stansiyasini yoqilg‘i bilan ta’minlaydi.
Hindistonga uran yetkazib berish qayta tiklandi. AQSh ham Rossiyadan uran importni ikki baravar oshirdi. Olti oy ichida Vashington Moskvadan deyarli 700 million dollarlik uran sotib oldi.
Bundan tashqari, bir necha yillardan beri "Rosatom" dunyoda tibbiyot uchun izotopli mahsulotlarni yetkazib beruvchi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Yaxshi unutilgan eski ish

Joriy yilda Braziliya Rossiyadan 18,9 million dollarlik (27 t.) boyitilgan uran va 52,7 million dollarlik (27 t.) uran xom ashyosi import qildi. Avvalgi xaridlar mos ravishda 1999 va 1998-yillarda bo‘lgan.
2022 yilda esa, braziliyaliklar uran xom ashyosini Buyuk Britaniyadan $ 23,5 mln., Qozog‘istondan $17,3 mln. va Kanadadan $4,6 mln. sotib olgan edi. Shuningdek boyitilgan uranni Braziliya o‘tgan yilda Buyuk Britaniyadan ($13,7 mln.), Germaniyadan ($1,1 mln) va Shvetsiyadan ($ 893 ming) va AQShdan ($5 ming)ga sotib olgan edi. Bu yildan esa deyarli barcha miqdor Rossiyadan xarid qilindi, faqat Amerikadan 2,2 ming dollarlik kam boyitilgan uran sotib olingan.
To‘rt yillik tanaffusdan so‘ng Hindistonga 13,5 million dollarlik 118 tonna xom ashyo jo‘natildi.
"Rosatom" kompaniyasi Kudankulam AESda energiya bloklari qurilishida ishtirok etmoqda va ishlab chiqarish quvvatlarini birgalikda oshirish istiqbollari muhokama qilinmoqda", - deydi Rossiya iqtisodiyot universitetining iqtisod kafedrasi dotsenti Aleksandr Timofeyev.
Mutaxassis buni geosiyosiy vaziyatning o‘zgarishi bilan izohlaydi. Uning fikricha, avvallari gazga e’tibor qaratilayotgan energiya tanqis hududlari muqobil yo‘l izlashga majbur.
Hatto Qo‘shma Shtatlarda ham, Rossiya bilan savdo aloqalarini uzish istagiga qaramay, olti oy ichida xaridlar ikki baravar ko‘paydi - mahalliy bozorning 32 foizi. Amerika statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2005-yildan beri maksimal ko‘rsatkichdir. 416 tonna uran uchun Moskva 696,5 million dollar oldi.

Texnologik ustunlik

G‘arb Rossiya atom sanoatiga qarshi sanksiyalar qo‘llamagan va yaqin hamkorlik shu kungacha to‘xtagani yo‘q. Va bu natija xom ashyo ko‘pligi tufayli emas, balki texnologik ustunlik tufaylidir.
"Dunyoda faqat bir necha davlatgina boyitish texnologiyasiga ega. Ayrimlar ushbu texnologiyani rivojlantirishni to‘xtatgan edi. Xususan, Qo‘shma Shtatlar. Ular 2027-yilgacha o‘zlari uran boyita olmaydilar. Shuning uchun AQSh Rossiyadan boyitilgan uran sotib olishga majbur", - deb tushuntiradi Energetikani rivojlantirish jamg‘armasi direktori Sergey Pikin.

"Biz dunyodagi yadro reaktorlarining deyarli yarmini yoqilg‘i bilan ta’minlaymiz. AQSh, Buyuk Britaniya yoki Fransiyada bunday quvvat yo‘q", - deya qo‘shimcha qiladi mustaqil sanoat eksperti Leonid Xazanov.

Bundan tashqari, Rossiya atom elektr stansiyalarini qurish, yoqilg‘i ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega. "Rosatom" Hindistondan tashqari Turkiyada - "Akkuyu", Misrda - "El-Dabaa", Vengriyada - "Paksh-2", Bangladeshda - "Rooppur", Xitoyda - "Tanvan" va "Suydapu" atom elektr stansiyalari qurish loyihalarni amalga oshirmoqda. Jami - 33 blok.
Bundan tashqari "Rosatom" korporatsiyasi foydalanilgan yadro yoqilg‘isidan qayta foydalanish (ya’ni yopiq sikl) texnologiyasini ham o‘zlashtirmoqda. Buning natijasida ishlatilgan yoqilg‘idan qayta-qayta foydalanish mumkin bo‘ladi va insoniyat ming yillar davomida atom energiyasi bilan ta’minlanadi. AESlar amalda mangu dvigatelga aylanadi. Buning natijasida energiya narxi tushadi. "Beloyarsk" AESda quvvat bloklarining yarmi allaqachon qayta boyitilgan uranda ishlaydi - tez neytronlar bilan.
Bu ish bilan Fransiya, AQSh, Buyuk Britaniya va Yaponiya ham shug‘ullanishga urinib ko‘rishdi, lekin uddalay olishmadi. U yerdagi innovatsion loyihalar yopildi. Ayni damda foydalanilgan uranni qayta boyitish sohasida Faqat Rossiya muvaffaqiyatga erishgan. Yaqin kelajakda mumkin bo‘lgan raqobatchilar orasida Xitoy ham bor.

Kelajak uchun zaxira

Albatta, texnologik ustunlikning o‘zi mijozlar eshin oldida navbatga turishiga kafolat bermaydi. Mutaxassislarning fikricha, Hindiston va Braziliya chegirmalar bilan jalb qilgan. Qanday bo‘lmasin, yuqori sifat va jozibador narxlar Rossiyaga ushbu bozorlarda o‘z o‘rnini egallashga imkon beradi, deydi Moliya universitetining strategik va innovatsion rivojlanish kafedrasi dotsenti Mixail Xachaturan.
Va bu hali boshlanishi, deydi Xazanov. Nyu-Dehlining atom energetikasi sohasidagi keng ko‘lamli rejalarini Moskvasiz amalga oshirish qiyin.

Ta’minotni diversifikatsiya qilish — navbatdagi ehtimoliy sanksiyalar ta’sirini kamaytiradi, deb ta’kidlaydi Pikin. "Turli xil variantlar bilan ishlash vaqt talab etadi, hamma narsa ishlayotganiga ishonch hosil qilish kerak. Avvalo, gap logistika va konvertatsiya qilish qiyin bo‘lgan valyutalarda, masalan, hind rupiyasida to‘lovlar haqida bormoqda", - deydi mutxassis.

Tahlilchilar, shuningdek, G‘arbning atom energiyasi savdosidan voz kechishi dargumon deb hisoblaydi. Xullas, uranning katta zahiralariga ega bo‘lgan Nigerdagi davlat to‘ntarishi tufayli Fransiya uchun yoqilg‘i qimmatlashadi – boshqa variantlarni izlashga to‘g‘ri keladi. Va 2026-yildan keyin depozitlarning tugashi tufayli global ishlab chiqarishning pasayishi juda real bo‘lgani uchun ishonchli yetkazib beruvchilar tobora ko‘proq qadrlanadi. Chiqindisiz reaktorlar qurishga talab ham ortadi va Rossiyada bu borada hali raqobatchilar yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0