Kuzda O‘zbekistonga yo‘llanmalar qanchaga tushadi — turoperatorlar javobi

Xiva  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2023
Obuna bo‘lish
Aksariyat bozor ishtirokchilarining ta’kidlashicha, O‘zbekistonga tashrif buyurish MDH bo‘ylab sayohatga borishni xohlovchilar orasida eng mashhur so‘rovdir.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Turoperatorlar kuzda O‘zbekistonga sayohatga talab ortib borayotgani va bunday sayohat narxi qanchaga tushishini ma’lum qilishdi. Bu haqda RIA Novosti ATORga tayanib xabar berdi.
Aksariyat bozor ishtirokchilarining ta’kidlashicha, ushbu respublikaga tashrif buyurish MDH bo‘ylab sayohatga borishni xohlovchilar orasida eng mashhur so‘rovdir.
“Ekskursiya sayohatlari eng ko‘p talab qilinadigan dam olish shaklidir. Odatda sayyohlar u yerga bir hafta borib, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xiva bilan yaqindan tanishishga ulguradilar”, - deyiladi xabarda.
Besh kunlik "ekskursiya"ning minimal narxi 37 ming (4 574 071,93so‘m) rubldan, haftalik sayohat narxi 45 ming (5 563 060,45 so‘m) rubldan boshlanadi. Moskva va O‘zbekiston shaharlaridan biri o‘rtasida parvoz qilish uchun kamida 30 ming rubl ( 3 708 706,97 so‘m) qo‘shish kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyalik sayyohlar kuzda sayohat qilishni rejalashtirayotgan eng mashhur hududlar va mamlakatlar nomi ma’lum bo‘lgandi . Ro‘yxatdan Toshkent va Samarqand shaharlari joy olgan. O‘zbekiston Rossiyadan kelayotgan sayyohlar oqimini 1 million kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda. 2022-yilda O‘zbekistonga 567 ming rossiyalik sayyoh tashrif buyurgan, bu 2021-yilga nisbatan 377 ming kishiga ko‘p.
Yangiliklar lentasi
0