Bugun Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi — manzillar

© AO "Regionalnie elektricheskie seti"Toshkentda elektr ta’minoti o‘chirilishi
Toshkentda elektr ta’minoti o‘chirilishi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtning Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Bugun Toshkentning Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Mirobod tumani: "Afrosiyob" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Mirzo Ulug‘bek tumani: "Ijodkor", "Iqtidor", "Chingeldi", "Alisherobod", "Geofizika", "Temuriylar" hamda "Sarbon" MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0