Toshkent aeroportida 8,5 tonna narkotik fosh etildi. Bu 30-yil ichidagi eng yirik partiya

Obuna bo‘lish
Respublikaga xorijdan olib kelingan 25 tonna og‘irlikdagi 1000 qop qandolat ko‘knorisi urug‘lari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida 8,5 tonna ko‘knori giyohvandlik moddasi qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
"Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona komleksi "Aviayuklar" tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida havo yo‘llari orqali respublikaga xorijdan olib kelingan 25 tonna og‘irlikdagi 1000 qop qandolat ko‘knorisi urug‘lari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Yuklar tranzit tarzida olib o‘tilishi kerak bo‘lgan.
Ko‘rik davomida hujjatlarda qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan 25 tonna urug‘ va somonlar tarkibida haqiqiy giyohvandlik vositasi hisoblangan 8,5 tonna ko‘knori somoni aniqlangan.
© Press-slujba Tamojennogo komiteta RUzV Tashkentskom aeroportu presekli vvoz 8, 5 tonn narkotikov
V Tashkentskom aeroportu presekli vvoz 8, 5 tonn narkotikov - Sputnik O‘zbekiston
1/2
V Tashkentskom aeroportu presekli vvoz 8, 5 tonn narkotikov
V Tashkentskom aeroportu presekli vvoz 8, 5 tonn narkotikov
V Tashkentskom aeroportu presekli vvoz 8, 5 tonn narkotikov - Sputnik O‘zbekiston
2/2
V Tashkentskom aeroportu presekli vvoz 8, 5 tonn narkotikov
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xabarda yozilishicha, odatda turli pishiriqlarga qo‘shiladigan yoki yuzasiga sepiladigan qandolat ko‘knorisi garchi o‘xshash bo‘lsa-da, an’anaviy ko‘knori giyohvandlik vositasidan tubdan farq qiladi. Ya’ni bu mahsulot ko‘knori oilasiga mansub o‘t o‘simliklarning maxsus tayyorlangan va qayta ishlangan urug‘lari hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, ko‘knori somoni mamlakat hududida muomalasi taqiqlangan giyohvandlik moddasi hisoblanadi.
“Ta’kidlash joizki, bitta holatda 8,5 tonna giyohvandlik vositasining fosh qilinishidek eng yirik ko‘rsatkich O‘zbekiston bojxona xizmati organlarining so‘nggi 30-yillik tarixida ilk bor qayd etilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0