Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berish bo‘yicha BMTda yig‘ilish o‘tkazishni so‘radi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishVistuplenie glavi MID RF S. Lavrova v SB OON
Vistuplenie glavi MID RF S. Lavrova v SB OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2023
Obuna bo‘lish
Ekspertlar va jurnalistlar ko‘pligi sababli ushbu mavzuda yig‘ilish o‘tkazish raqiblarni asabiylashtira boshladi, dedi Rossiya vakili.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Moskva G‘arbning Kiyevga qurollar yetkazib berish masalasi bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashidan yig‘ilish o‘tkazishini so‘radi. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Biz 12-sentabr kuni Ukrainaga G‘arb qurollarini yetkazib berish va Ukraina inqirozini hal qilish istiqbollariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yana boshqa omillar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishni so‘radik”, — deb yozadi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu mavzu yuzasidan munosib ma’ruzachini topishga harakat qiladi.
“Bu mavzuda gapirmoqchi bo‘lgan G‘arb ekspertlari/jurnalistlarining juda ko‘pligi — allaqachon raqiblarimizni asabiylashtira boshlagan. Kecha ular Xavfsizlik Kengashining ish uslublariga bag‘ishlangan yig‘ilish chog‘ida shu mavzu borasida qattiq asabiylashishdi”, - deydi Polyanskiy.
Moskva G‘arb davlatlarining Ukrainaga qurol yetkazib berishi Rossiya rejalarini o‘zgartirmasligi va faqat qarama-qarshilikni davomiyligini uzaytirishi haqida bir necha bor ogohlantirgan. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, AQSh va NATO davlatlari allaqachon mojaroning bevosita ishtirokchisiga aylanib, nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki o‘z hududida Ukraina Qurolli kuchlari uchun kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda.
Ukraina Qurolli kuchlari yaqinda AQShdan kassetali o‘q-dorilar oldi. Ular 123 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro konvensiya tomonidan taqiqlangan, ammo AQSh va Ukraina ular orasida emas. Portlash paytida kassetali bombalar kichikroq snaradlarga bo‘linadi, ularning ba’zilari texnik sabablarga ko‘ra vaqtida ishlamaydi. Bu tinch aholiga tahdid soladi: portlamagan o‘q-dorilar jangovar harakatlar tugaganidan keyin ham odamlarni o‘ldirishi yoki mayib qilishi mumkin bo‘lgan minalarga aylanadi. Kassetali snaradlarni otish paytida tinch aholi halok bo‘lgan bir nechta holatlar allaqachon qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0