Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston YeOIIning MDHdagi savdo hamkorlari orasida birinchi o‘rinni egalladi – Glazyev

© Yevraziyskaya ekonomicheskaya komissiyaYeIK va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh yig‘ilishi
YeIK va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh yig‘ilishi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2023
Obuna bo‘lish
NovostiTelegram
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOII tashkil etilgandan buyon O‘zbekiston bilan o‘zaro tovar ayirboshlash uch baravarga o‘sdi
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi (MDH) savdo hamkorlari orasida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) integratsiya va makroiqtisodiyot bo‘yicha vaziri Sergey Glazyev YeIK va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh yig‘ilishida ma’lum qildi.
Tadbir 6-sentabr kuni Samarqandda Sergey Glazyev va O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Abidov raisligida bo‘lib o‘tdi.

“YeIK va O‘zbekistonning yaqin hamkorligi savdo-iqtisodiy hamkorlik hajmi o‘sishi bilan bog‘liq amaliy natijalarga olib kelmoqda. Bizni ishni boshlagan paytimizni aynan shuni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygandik”, - dedi Glazyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOII tashkil etilgandan buyon O‘zbekiston bilan o‘zaro tovar ayirboshlash uch baravarga o‘sdi va YeOIIning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdosi hajmining deyarli yarmi O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi.
Yig‘ilish davomida 2025-yilgacha qadar texnik tartibga solish tizimlarini yaqinlashtirish, umumiy elektron platformalar va bojxona ma’murchiligi, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya nazorati sohasida onlayn tizimlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
YeOII ishbilarmonlar kengashi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi loyihasini tayyorlash, “Shimol - Janub” xalqaro transport yo‘lagini rivojlantirish, Ittifoqning “Yevroosiyo agroekspress” va temir yo‘l yuk tashuvlarini raqamlashtirish loyihalarini amalga oshirish hamda muhandis-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlarni birgalikda tayyorlash ham muhokamalar markazida bo‘ldi.
Badriddin Abidov O‘zbekiston va YeIK hamkorligiga ijobiy baho berdi. U O‘zbekiston YeOIIdagi kuzatuvchi maqomidan maksimal ravishda foydalanishdan manfaatdor ekani va YeOII amalga oshirayotgan qator loyihalarga qo‘shilishga tayyorligini qayd etdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari YeOII davlatlari bilan muqobil logistik yo‘nalishlarni shakllantirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. “Yevroosiyo agroekspress” loyihasining salohiyati yuqori ekanini ta’kidladi.
“O‘zbekiston va YeOII o‘rtasida yangi yo‘nalish rivojlanib borayotgani quvonarli. Ishbilarmonlar doirasi hamkorligini nazarda tutapman. Tadbirkorlar muloqoti savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosidir”, - dedi Abidov.
O‘zbekiston 2020-yil dekabrida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini oldi. 2021-yil 30-aprel kuni Qozonda YeIK va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Komissiya va O‘zbekiston hukumatining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlari rejasi tasdiqlangan. Memorandumga muvofiq, qo‘shma ishchi guruh tashkil etilgan.

Mavzuga oid:

YeOII yagona energetika bozori O‘zbekistonga nima beradi — ekspert
YeOII qanday kengayadi va O‘zbekiston unga qachon qo‘shiladi
O‘zbekistonning YeOII bilan tashqi savdo aylanmasi qanday o‘smoqda
O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 18 foizga oshdi – Aripov
O‘zbekiston va YeOII hamkorligi barqaror rivojlanmoqda — Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0