https://oz.sputniknews.uz/20230907/ozbek-belarus-tadbirkorlar-92-mln-dollar-shartnoma-38647865.html
O‘zbek va belorus tadbirkorlari 92 mln dollarlik shartnomalar imzolashdi
O‘zbek va belorus tadbirkorlari 92 mln dollarlik shartnomalar imzolashdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston – Belarus biznes-forumida yakuniy hujjat qabul qilindi.
2023-09-07T08:24+0500
2023-09-07T08:24+0500
2023-09-07T11:01+0500
belarus
minsk
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
tadbirkor
tanzila norboyeva
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/07/38648071_215:157:1030:616_1920x0_80_0_0_522b502a0d234090d1f2209c600168f8.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Minskda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda o‘zbek va belorus tadbirkorlari 92 mln dollarlik shartnomalar imzolashdi, deya xabar berdi Oliy Majlis Senati.Minsk shahrida 6-sentabr kuni O‘zbekiston – Belarus biznes doiralari va tadbirkor ayollar birinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.Ikki mamlakat tadbirkor ayollari o‘rtasida “B2B” formatida o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida 92 mln dollar miqdorida 42 ta shartnoma va 17 ta memorandum imzolandi.Tadbirda O‘zbekistondagi sanoat va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati, madaniy-gumanitar, shuningdek, turizm va transport kabi sohalarning vakillari bo‘lgan biznes doiralar va ishbilarmon ayollar ishtirok etdi.Forum doirasida tashkil etilgan “Tadbirkorlikdagi ayollar – Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish salohiyati” mavzusidagi yalpi majlisda yengil sanoat, ilg‘or texnologiyalar almashish, mato, kiyim-kechak, poyabzal, mo‘yna va charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun birdek manfaat keltirishi ta’kidlandi.Shuningdek, IT sohasida aloqalarni rivojlantirish, tadbirkorlik, ayniqsa ayollar uchun raqamli mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqish, xotin-qizlarni raqamli iqtisodiyotga jalb etish, ayollarning bu boradagi savodxonligi va malakasini oshirish bo‘yicha tajriba almashish masalasi ham ko‘rib chiqildi.Eslatib o‘tamiz, Senat raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Belarusda bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida Narbayeva Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko, Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova va Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko bilan uchrashdi.
belarus
minsk
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/07/38648071_218:66:1019:666_1920x0_80_0_0_d8a50d0d1f4d2a29ed50c6f70314454f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston belarus biznes-forumi yakuniy hujjat senat tanzila narbayeva tadbirkorlar
o‘zbekiston belarus biznes-forumi yakuniy hujjat senat tanzila narbayeva tadbirkorlar
O‘zbek va belorus tadbirkorlari 92 mln dollarlik shartnomalar imzolashdi
08:24 07.09.2023 (yangilandi: 11:01 07.09.2023) O‘zbekiston – Belarus biznes-forumida yakuniy hujjat qabul qilindi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Minskda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda o‘zbek va belorus tadbirkorlari 92 mln dollarlik shartnomalar imzolashdi, deya xabar berdi Oliy
Majlis Senati. Minsk shahrida 6-sentabr kuni O‘zbekiston – Belarus biznes doiralari va tadbirkor ayollar birinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Ikki mamlakat tadbirkor ayollari o‘rtasida “B2B” formatida o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida 92 mln dollar miqdorida 42 ta shartnoma va 17 ta memorandum imzolandi.
“Forum so‘nggida yakuniy hujjat (deklaratsiya) qabul qilindi. Unda savdo-iqtisodiy, investitsiya, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy, ta’lim, gumanitar, turizm va o‘zaro manfaatli boshqa sohalardagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari aks etdi”,- deyiladi xabarda.
Tadbirda O‘zbekistondagi sanoat va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati, madaniy-gumanitar, shuningdek, turizm va transport kabi sohalarning vakillari bo‘lgan biznes doiralar va ishbilarmon ayollar ishtirok etdi.
Forum doirasida tashkil etilgan “Tadbirkorlikdagi ayollar – Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish salohiyati” mavzusidagi yalpi majlisda yengil sanoat, ilg‘or texnologiyalar almashish, mato, kiyim-kechak, poyabzal, mo‘yna va charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun birdek manfaat keltirishi ta’kidlandi.
Shuningdek, IT sohasida aloqalarni rivojlantirish, tadbirkorlik, ayniqsa ayollar uchun raqamli mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqish, xotin-qizlarni raqamli iqtisodiyotga jalb etish, ayollarning bu boradagi savodxonligi va malakasini oshirish bo‘yicha tajriba almashish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, Senat raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Belarusda bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida Narbayeva Belarus yetakchisi
Aleksandr Lukashenko, Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi
Natalya Kochanova va Belarus bosh vaziri
Roman Golovchenko bilan uchrashdi.