https://oz.sputniknews.uz/20230907/jahonga-mashhur-brendlar-toshkent-2025-oyinlarining-asosiy-hamkorlariga-aylanishi-mumkin-38648858.html
Jahonga mashhur brendlar “Toshkent-2025” o‘yinlarining asosiy hamkorlariga aylanishi mumkin
Jahonga mashhur brendlar “Toshkent-2025” o‘yinlarining asosiy hamkorlariga aylanishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Mutasaddilar Olimpiya shaharchasining barcha hududini ko‘zdan kechirishdi.
2023-09-07T08:24+0500
2023-09-07T08:24+0500
2023-09-07T11:43+0500
sport
o‘zbekiston
milliy olimpiya qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/07/38649131_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_f9a9d68b717dac9af28c284beed4b94c.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo‘mita raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilov Italiyaning “Mondo” va Xitoyning “TaiShan” kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashishdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.Ayni kunlarda “Toshkent-2025” IV yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasida ish qizg‘in ketmoqda. Obyektlar barpo etilgach, uni eng zamonaviy sport inventarlari bilan jihozlash kun tartibidagi asosiy masalaga aylanadi.Uchrashuvda shu masalalar muhokama qilindi.“TaiShan” kompaniyasi tomonidan tashqi savdo bo‘yicha bosh menejer Chjan Vei tashrif buyurdi.Mutasaddilar Olimpiya shaharchasining barcha hududini ko‘zdan kechirishdi. Oybek Kasimov ekskursiya davomida mehmonlarga loyiha haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng tomonlar kun tartibidagi mavzular bo‘yicha fikr almashib, hamkorlikning keyingi qadamini belgilab olishdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/07/38649131_71:0:1208:853_1920x0_80_0_0_0d98c6e4428ddb8ba0fdef40609f163b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“toshkent-2025” o‘yinlari
“toshkent-2025” o‘yinlari
Jahonga mashhur brendlar “Toshkent-2025” o‘yinlarining asosiy hamkorlariga aylanishi mumkin
08:24 07.09.2023 (yangilandi: 11:43 07.09.2023) Mutasaddilar Olimpiya shaharchasining barcha hududini ko‘zdan kechirishdi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo‘mita raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilov Italiyaning “Mondo” va Xitoyning “TaiShan” kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashishdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati
xabar berdi. Ayni kunlarda “Toshkent-2025” IV yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasida ish qizg‘in ketmoqda. Obyektlar barpo etilgach, uni eng zamonaviy sport inventarlari bilan jihozlash kun tartibidagi asosiy masalaga aylanadi.
Uchrashuvda shu masalalar muhokama qilindi.
“Mondo” tomonidan shirkatning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy menejeri Andrea De Karo tashrif buyurdi. Ushbu brend yengil atletika, shuningdek, voleybol, basketbol, futzal kabi sport turlari uchun qoplamalar tayyorlaydi. Kompaniya 1976-yildan beri bir necha Olimpiadalarda stadionlarni yengil atletika bahslari uchun qoplamalar bilan ta’minlab keladi.
“TaiShan” kompaniyasi tomonidan tashqi savdo bo‘yicha bosh menejer Chjan Vei tashrif buyurdi.
“TaiShan” yakkakurash turlari bo‘yicha sport inventarlarini ishlab chiqarish borasida dunyoning yetakchi kompaniyalaridan sanaladi. U 2018-yil Indoneziyada o‘tgan, joriy yil Xitoy mezbonlik qiladigan Osiyo o‘yinlari, Buenos-Ayres-2018 o‘smirlar Olimpiadasi, 2019-yil Tokio shahrida o‘tgan dzudo bo‘yicha jahon chempionatida tashkiliy qo‘mitaning asosiy hamkori bo‘lgan.
Mutasaddilar Olimpiya shaharchasining barcha hududini ko‘zdan kechirishdi. Oybek Kasimov ekskursiya davomida mehmonlarga loyiha haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng tomonlar kun tartibidagi mavzular bo‘yicha fikr almashib, hamkorlikning keyingi qadamini belgilab olishdi.