Gitlerga qarshi koalitsiya ittifoqchilarning Berlindagi G‘alaba paradi qanday o‘tgan – video

Obuna bo‘lish
1945 yil 7-sentabr kuni Berlinda Gitlerga qarshi koalitsiya ittifoqchilarning G‘alaba paradi bo‘lib o‘tgan.
Berlindagi G‘alaba paradida SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya harbiy bo‘linmalari qatnashgan. Parad Branderburg darvozasi va Reyxstag yonidagi Tirgarten bog‘ida bo‘lib o‘tgan
Dastlabki kelishuvga ko‘ra, paradga bosh qo‘mondonlar kelishi kerak edi. Biroq Montgomeri (Britaniya), Eyzenxauer (AQSh) va Latr de Tassini (Fransiya) “o‘ta bandliklarini” bahona qilib, kelishdan bosh tortishgan.
Paradga angliyalik general-mayor Erik Neyrs qo‘mondonlik qilgan. Paradni Sovet Ittifoqi marshali Georgiy Jukov qabul qilgan.
Berlinga hujum qilgan Ittifoqning 248-o‘q otish diviziyasi saralangan polki marshga boshchilik qilgan. Keyin Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSh askarlari saf tortib o‘tgan.
Bu Ikkinchi jahon urushi ittifoqchilarining so‘nggi qo‘shma tadbiri bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0