https://oz.sputniknews.uz/20230907/farmatsevtika-tarmogini-rivojlantirish-agentligi-38674569.html
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi SSVga qaytarildi
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi SSVga qaytarildi
Sputnik O‘zbekiston
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi yana Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazildi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan "Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonda nazarda tutilgan.Agentlik farmatsevtika sanoati barqaror rivojlanishi uchun javobgarlikni to‘liq zimmasiga oladi. Agentlikni SSVga o‘tkazishda mustaqil yuridik shaxs maqomi hamda faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi manbalari va tartibi saqlab qolinadi.
2023-09-07T19:49+0500
2023-09-07T19:49+0500
2023-09-07T19:49+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33637495_0:0:3067:1725_1920x0_80_0_0_973fcf60246875576db953b8b95724d4.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi yana Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazildi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan "Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonda nazarda tutilgan.Agentlik farmatsevtika sanoati barqaror rivojlanishi uchun javobgarlikni to‘liq zimmasiga oladi. Agentlikni SSVga o‘tkazishda mustaqil yuridik shaxs maqomi hamda faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi manbalari va tartibi saqlab qolinadi.Farmon bilan davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha tasdiqlangan standartlarga muvofiq tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlari SSV tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi prezidentning 2017-yil 7-noyabrdagi qarori bilan "O‘zfarmsanoat" davlat aksiyadorlik konserni tugatilgan paytda tashkil etilgan edi.2022 yil dekabrida davlat rahbarining farmoni bilan agentlik Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilgan edi (dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro‘yxatdan o‘tkazish funksiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligida qolgan edi).
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33637495_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_3bd8416caee255ccb6df8d0d9251d47b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ssv farmon "sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmon
farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ssv farmon "sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmon
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi SSVga qaytarildi
Ilgari davlat rahbarining farmoni bilan agentlik Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilgan edi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi yana Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazildi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan "Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonda nazarda tutilgan.
Agentlik farmatsevtika sanoati barqaror rivojlanishi uchun javobgarlikni to‘liq zimmasiga oladi. Agentlikni SSVga o‘tkazishda mustaqil yuridik shaxs maqomi hamda faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi manbalari va tartibi saqlab qolinadi.
Farmon bilan davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha tasdiqlangan standartlarga muvofiq tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlari SSV tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi prezidentning 2017-yil 7-noyabrdagi qarori bilan "O‘zfarmsanoat" davlat aksiyadorlik konserni tugatilgan paytda tashkil etilgan edi.
2022 yil dekabrida davlat rahbarining farmoni bilan agentlik Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilgan edi (dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro‘yxatdan o‘tkazish funksiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligida qolgan edi).