Amir Temur asos solgan Bog‘i baland turizm mahallasi maqomini oldi

© Komitet po turizmuSamarqandda O‘zbekistondagi birinchi turizm mahallasi ochildi.
Samarqandda O‘zbekistondagi birinchi turizm mahallasi ochildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2023
Obuna bo‘lish
Samarqandda birinchi turizm mahallasi ochildi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Amir Temur asos solgan Bog‘i baland turizm mahallasi maqomini oldi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Samarqanddagi Bog‘i baland mahallasiga “turizm mahallasi” maqomi berildi.
Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyevning so‘zlariga ko‘ra, yangi turizm mahallasi mahalliy va xorijlik turistlar sonini yanada oshirishga xizmat qiladi.
© Komitet po turizmuSamarqandda O‘zbekistondagi birinchi turizm mahallasi ochildi.
V Samarkande otkrilas pervaya turisticheskaya maxallya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2023
Samarqandda O‘zbekistondagi birinchi turizm mahallasi ochildi.
“Mazkur “turizm mahallasi”ni tashkil etish orqali Samarqand viloyatining ekologik muhiti yanada yaxshilanadi. Shuningdek, mahalla aholi uchun yangi dam olish maskani hisoblanadi. Qolaversa, qo‘shimcha ish o‘rinlari ham yaratildi”, -dedi u.
Yangi turizm mahallasi hududida 15 ta dam olish maskani mavjud, u yerda yo‘l ko‘rsatkichlari, stella va bog‘ xaritasi ham o‘rnatilgan.
Shuningdek, har xil turdagi manzarali va mevali daraxtlar, gul ko‘chatlari ekilgan. Shu bilan birga, turizm mahallasida anjir va anjir mahsulotlaridan tayyorlangan shirinliklar, quritilgan va konservalangan mahsulotlar savdosi, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi va savdosi tashkil etildi.
“Bundan tashqari, turizm axborot markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, turistlar uchun zaruriy barcha ma’lumotlar joylashtirildi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Samarqanddagi Bog‘i balandga Amir Temur asos solgan va bugungacha saqlanib qolgan mashhur bog‘lardan biridir. Ayni damda bog‘ hududidagi avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan 40 gektarlik bog‘da 10 mingdan ortiq sariq va qora anjir daraxtlari yetishtiriladi. Mevalar ekologik jihatdan toza, chunki ularni yetishtirishda kimoviy moddalar va dorivorlardan foydalanilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0