Zelenskiy AQShni aldadi — prezidentlikka nomzod Ramasvami

© AP Photo / Paul SancyaAQSh prezidentligiga nomzod va tadbirkor Vivek Ramasvami
AQSh prezidentligiga nomzod va tadbirkor Vivek Ramasvami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Obuna bo‘lish
Ramasvami: Zelenskiy Amerika puli uchun ukrainaliklarning ishonchini qurbon qilmoqda.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Amerika pullari uchun ukrainaliklarning ishonchini qurbon qilmoqchi bo‘lgan Vladimir Zelenskiy AQShni aldadi, dedi Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod va tadbirkor Vivek Ramasvami.

"O‘z xalqining “demokratiya” ishonchini qurbon qilishga tayyor bo‘lgan Ukraina yetakchisi AQSh soliq to‘lovchilaridan ko‘proq pul olish umidida xalqimizni aldamoqda", — deb yozdi u X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.

Ramasvami AQSh tomonidan moliyalashtirilgan taqdirda Ukrainada saylovlarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan Zelenskiyni tanqid qildi.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgandi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, deb ta’kidladi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralariga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va NATO Ukrainadagi mojaroda, jumladan, nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda harbiylarni tayyorlashda ham bevosita ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0