“Uzbekistan Airways” Zominga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

© Uzbekistan Airways“Uzbekistan Airways” Zominga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
“Uzbekistan Airways” Zominga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, parvozlar 7-sentabrdan boshlanadi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. “Uzbekistan Airways” Zominga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmatida xabar berildi.
Ta’kidlanishicha, parvozlar ertaga, 7-sentabrdan boshlab amalga oshiriladi.
HY1001/1002 qatnovlari har kuni quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
Toshkent – Zomin – Samarqand;
Samarqand – Zomin – Toshkent.
Ma’lum qilinishicha, bir tomonlama aviachipta narxi 105 000 so‘mdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida Zomin aeroporti ochilgani xabar qilingan edi. Aeroport 30 o‘ringa mo‘ljallangan yo‘lovchi terminaliga ega.
Yangiliklar lentasi
0