https://oz.sputniknews.uz/20230906/u-23-osiyo-kubogi-saralash-bahs-ozbekiston-afgoniston-38618304.html
U-23 Osiyo kubogi saralash bahslari: bugun O‘zbekiston jamoasi Afg‘onistonga qarshi o‘ynaydi
U-23 Osiyo kubogi saralash bahslari: bugun O‘zbekiston jamoasi Afg‘onistonga qarshi o‘ynaydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘yin Toshkentdagi “JAR” stadionida bo‘lib o‘tadi.
2023-09-06T12:00+0500
2023-09-06T12:00+0500
2023-09-06T12:01+0500
sport
o‘zbekiston
toshkent
afg‘oniston
futbol
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/10/34984344_0:45:1280:765_1920x0_80_0_0_e545108204dcbc2de7a32f9d9a2e9429.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Afg‘onistonga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi U-23 Osiyo kubogining saralash bosqichida bahslarga kirishadi.Ular dastlabki turda Afg‘onistonga qarshi maydonga chiqishadi.O‘yin soat 19:00 da “JAR” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga kirish bepul.Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 6-12 sentabr kunlari futbol bo‘yicha 2024-yilgi U-23 Osiyo kubogining saralash bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining barcha o‘yinlari soat 19:00 ga belgilandi.O‘zbekiston 9-sentabr kuni Gonkong, 12-sentabr kuni esa Eron bilan o‘ynaydi.Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 15 aprel-3 may kunlari Qatarda U-23 Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun litsenzion turnir vazifasini o‘tab beradi. Unda dastlabki 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. To‘rtinchi o‘rin egasi qit’alararo pley-off bosqichi orqali kurashni davom ettiradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/10/34984344_76:0:1204:846_1920x0_80_0_0_bdb240d54819a15bfc98b40a885d7819.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston afg‘oniston u-23 osiyo kubogi saralash bahslar “jar” stadioni futbol
o‘zbekiston afg‘oniston u-23 osiyo kubogi saralash bahslar “jar” stadioni futbol
U-23 Osiyo kubogi saralash bahslari: bugun O‘zbekiston jamoasi Afg‘onistonga qarshi o‘ynaydi
12:00 06.09.2023 (yangilandi: 12:01 06.09.2023) O‘yin Toshkentdagi “JAR” stadionida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Afg‘onistonga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA)
xabar berdi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi U-23 Osiyo kubogining saralash bosqichida bahslarga kirishadi.
Ular dastlabki turda Afg‘onistonga qarshi maydonga chiqishadi.
O‘yin soat 19:00 da “JAR” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga kirish bepul.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 6-12 sentabr kunlari futbol bo‘yicha 2024-yilgi U-23 Osiyo kubogining saralash bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining barcha o‘yinlari soat 19:00 ga belgilandi.
O‘zbekiston 9-sentabr kuni Gonkong, 12-sentabr kuni esa Eron
bilan o‘ynaydi.Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 15 aprel-3 may kunlari Qatarda U-23 Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun litsenzion turnir vazifasini o‘tab beradi. Unda dastlabki 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. To‘rtinchi o‘rin egasi qit’alararo pley-off bosqichi orqali kurashni davom ettiradi.